Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

FHDY arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida


Xizmatlarni ko‘rsatish qulay, tez va shaffof bo‘ladi, chunki respublika bo‘yicha shu sohaga tegishli ma'lumotlar olish kerak bo‘lgan barcha vazirlik, idora va muassasalar bilan ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan tizim yaratilgan.
Elektron va onlayn qabullar tashkil etilgani va FHDYo bo‘limida mavjud ko‘p turdagi arizalar xodim tomonidan elektron ravishda to‘ldirilishi va faqat fuqaro tanishib chiqib imzo qo‘yishi sababli fuqarolarning kutish uchun ketgan vaqti keskin qisqaradi (ilgari yarim, hattoki bir kun o‘tirib qabulga kirolmasdan ketish hollari bo‘lgan).
Bunda tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi va boshqa turdagi gerbli guvohnomalarni elektron ravishda to‘ldiriladi, barcha turdagi dalolatnoma yozuvlari elektron ravishda «FHDY Yagona elektron arxivi» axborot tizimiga kiritiladi.
Respublikadagi FHDY bo‘limlari, viloyat FHDY arxivlaridan tug‘ilganligi qayd etilmaganligi, nikohda turmasligi haqidagi ma'lumotlarni (71-shakl deyiladi) eksterritorial tartibda Davlat xizmatlari markazlari orqali olinishi tartib bilan belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, to‘lovlar billing invoys orqali to‘lanishi sababli uzoqda joylashgan bank yoki kassaga borish uchun vaqt sarflanmaydi. Elektron tizim yo‘lga qo‘yilgani sababli tibbiyot muassasalari bilan, tug‘ruqxonada bola tug‘ilishi bilan elektron ravishda FHDY bo‘limiga ona va bola haqidagi ma'lumotlar yetib kelishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu jumladan, vafot etgan shaxslarning ham o‘lim haqidagi tibbiy ma'lumotlari tibbiyot muassasalari tomonidan elektron ravishda yuborish joriy qilindi.
Shuningdek, faqatgina tizim orqali ishlash bilan cheklanmasdan, nikohni bekor qilish maqsadida murojaat qilgan yoshlar, oilalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oilani saqlash, mazkur oila yashaydigan mahallalarni ushbu oila nikohni bekor qilish masalasida murojaat qilgani haqida ogohlantirish, oila a'zolari bilan suhbatlar o‘tkazish tartiblari joriy qilindi. Bu esa o‘z navbatida oilalar bilan ularning muammolarini nikohni bekor qilmasdan hal etish imkoniyatini yoshlarga ko‘rsatib berish uchun zamin yaratadi.
Hozirgi kunda «FHDYning yagona elektron arxivi» axborot tizimiga FHDY organlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazalarini shakllantirishni to‘liq yakunlangan. Axborot tizimiga kiritish ishlari yakunlangan tuman (shahar)larda tizimdagi dalolatnoma yozuvlariga JShShIR (ya'ni, PINFL) biriktirish ishlari yakunlanish arafasida. Natijada hozirda mamlakatimiz bo‘yicha 70 millionta dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirilib, «FHDY yagona elektron arxivi» axborot tizimiga kiritilgan.

Beruniy tumani FHDY bo`limining
2-darajali inspektori D.Berdimuratova