Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Davlat xizmatlarini olishda eng ko‘p beriladigan savollar.


Savol: Qanday belgilar firma nomida ko‘rsatilishi mumkin emas?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining «Firma nomlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, firma nomida: - davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi; - tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
- firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
- jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak. Shuningdek, firma nomida:
- ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan firma nomlari; - ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari); - belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
- belgilangan tartibda qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan tovarlar kelib chiqqan joylarning nomlari bilan, shunday nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar ham ko‘rsatilmasligi kerak.

To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori A.Ya.Matchanov