Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Pillachilik mavsumida ishlangan davr mehnat stajiga 1 yil sifatida to‘liq kiritiladi


To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limiga, To‘rtko‘l tumanida yashovchi A.R murojaat qilib o‘z arizasida 2018-2022-yillarda “Kelteminarli Nursultan” fermer xo‘jaligida hisobidan pilla yetishtirganligi va mazkur davrlar yoshga doir pensiyaga chiqishda hisobga olinmaganligini bildirdi.
Mazkur murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilganda, A.R ga tegishli bo‘lgan mehnat daftarchasida 2018-2022-yillarda “Kelteminarli Nursultan” fermer xo‘jaligida mavsumiy ishlaganligi shuningdek, “To‘rtko‘l Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish hujjatlarida, fuqaro A.Rning 2018-2022-yillarda “Kelteminarli Nursultan” fermer xo‘jaligida hisobidan mavsum paytida pilla yetishtirib topshirilganligi aniqlandi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi pensiya va nafaqa tayinlash komissiyasining 2023-yil 31-mart kungi 102-sonli qarorida mazkur davrlar pilla yetishtirganligi uchun fuqaro A.R tomonidan majburiy sug‘urta badallari o‘tkazilmaganligi sababli asosan inobatga olinmagan va pensiya ishi rad qilinganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga ko‘ra, “Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 5-ilovasidagi “To‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro‘yxati 3-qismi “g” va “d” kichik bandlarida tut ipak qurtini parvarishlash, tirik va quruq pillani saralash kiritilgan.
Yuqoridagilarga asosan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi To‘rtko‘l tuman bo‘limiga kiritilgan taqdimnomaga ko‘ra, bo‘limining pensiya va nafaqa tayinlash komissiyasining 2023-yil 31-mart kungi 102-sonli qarorini bekor qilinib, A.R ning “2018-2022-yillarda “Kelteminarli Nursultan” fermer xo‘jaligida hisobidan mavsum paytida pilla yetishtirish uchun har bir yilini bir yil mehnat stajiga kiritilib yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi tiklandi.


To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi boshlig‘i,
3-darajali adliya maslahatchisi M.Nuraddinov