Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Dalolatnoma yozuvlarini o‘zgartirish, tuzatish, to‘ldirish kiritish tartibi.


Fuqarolarga tegishli dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lganda va manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda, ushbu yozuvlar saqlanayotgan joydagi, agar ular O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan bo‘lsa, FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi. O‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarning tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar kiritish ularning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish ular ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin.
O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish yaqin qarindosh(lar) yoki merosxo‘r(lar)ning arizasiga ko‘ra FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi. Vafot etgan shaxslarning tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va qo‘shimchalar sud qaroriga asosan FHDYo organi tomonidan kiritiladi.
FHDYo organining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritishni rad etishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi asosida tarixiy va milliy an’analarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismini yozdirish istagi bo‘lganda;
otalik belgilanganda;
farzandlikka olinganda;
ota-onaning o‘zaro kelishuviga ko‘ra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga ko‘ra voyaga yetmagan bolaning familiyasi o‘zgartirilganda;
millati o‘zgartirilganda;
nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar);
sud qarori bilan otalikni belgilash haqiqiy emas deb topilganda, ota haqidagi ma’lumotlar bekor qilinganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda;
ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi o‘zgartirilganda;
dalolatnoma yozuvlarida imloviy xato va noaniqliklar bo‘lganda, shuningdek tug‘ilgan vaqti, joyi va otasining ismi haqidagi yozuv mavjud bo‘lmaganda;
16 yoshga to‘lmagan bolaning ismi va familiyasi o‘zgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan bo‘lsa;
agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirib yoki erkalatish shaklida yozilgan bo‘lsa;
jinsi o‘zgartirilganda.
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza FHDYo organi tomonidan, ariza tushgan kundan boshlab 10 kun mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak. Uzrli sabablar (o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lgan yozuvlar nusxalari olinmaganda va boshqa hollarda) mavjud bo‘lganda FHDY organi mudiri tomonidan ushbu muddat bir oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin. Dalolatnoma yozuvlari O‘zbekistondan tashqarida bo‘lgan, shuningdek nikoh tuzilganligi to‘g‘risida va o‘lim to‘g‘risida, aka-ukalar va opa-singillarning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi va boshqa dalolatnoma yozuvlarida tafovutlar bo‘lgan hollardan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan barcha holatlarda dalolatnoma yozuvlari tuzilgan joyi bo‘yicha xulosa tuzilmay tuzatishlar kiritiladi.
O‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi arizaga ariza beruvchining iltimosi asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari: uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (kseronusxasi) va boshqa zarur hujjatlar nusxalari ilova qilinadi. Ular bilan birga yig‘majildga o‘zgartirishni talab qiladigan guvohnomalarning asl nusxalari tikib qo‘yiladi.
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza olinganda FHDYo organi o‘zgartirish va tuzatishlar kiritiladigan dalolatnoma yozuvi nusxasini, shuningdek o‘zgartirish yoki tuzatishlar kiritish uchun asos mavjudligini tasdiqlovchi dalolatnoma yozuvlari nusxalarini ular saqlanayotgan joydagi FHDYo organidan “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali so‘rab oladi.
Agar o‘zgartirish kiritiladigan dalolatnoma yozuvi respublikadan tashqarida bo‘lsa, u holda FHDYo organi xulosa tuzadi yoki (davlatlararo kelishuv mavjud bo‘lsa) ariza beruvchining arizadagi imzosini tasdiqlaydi va yig‘majildni (arizani) dalolatnoma yozuvi tuzilgan joydagi FHDYo organiga ijro etish uchun yuboradi.
Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi xulosa 3 nusxada tuziladi, ulardan biri yig‘majildga tikiladi, ikkinchisi FHDYo organida qoladi, uchinchi nusxasi ariza beruvchiga beriladi.
Zarur hollarda xulosa nusxalari tegishli FHDYo organlariga “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritgan FHDYo organi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirish kiritish uchun bu haqda adliya boshqarmasining idoraviy FHDYo arxivini ikki ish kundan kechikmay “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali xabardor qiladi, dalolatnoma yozuvi bir nusxada qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
Ariza beruvchining xohishiga binoan FHDYo organi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritilganligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.
Shaxsning uning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida jinsini o‘zgartirish jins o‘zgartirilganlik haqida tibbiyot muassasasining xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Jinsi o‘zgartirilgan shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni bir oy ichida almashtirish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Mazkur Qoidalarning 139-bandi uchinchi, to‘rtinchi va o‘n uchinchi xatboshilardan tashqari barcha hollarda o‘zgartirishlar kiritilganligi uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet elda turuvchi fuqarolarining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizalari ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Konsul tomonidan yuborilgan hujjatlar asosida FHDYo organi idoraviy arxivida saqlanayotgan dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.

Qo`ng`irot tumani adliya bo`limi 1 sonli FHDY bo`limi mudirasi Abiniyazova Gulrano Muratbayevna