Янгиликлар
10
Qoraqalpog‘istonda 2023-yilning 1 choragi holatiga jami 608 ta nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 87 tasi o‘z tashabbusi bilan ro‘yxatidan o‘tkazilgan tashkilotlar hisoblanadi.
So‘nggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari va ular o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Xususan, 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo‘llab-quvvatlash hajmi oshib bormoqda.
Jumladan, Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi tomonidan
2022 yilda davlat granti bo‘yicha jami 8 ta NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari g‘olib deb topilgan bo‘lib ularga jami 595 mln. so‘m mablag‘lari ajratilgan.
Jo‘qorg‘i Kengesi huzuridagi jamoat fondi tomonidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat granti bo‘yicha 13 loyiha g‘olib deb topilgan bo‘lsa ularga jami 459 mln. 929 ming 600 so‘m, davlat ijtimoiy buyurtmasi bo‘yicha “ShAҢARAQ” ilmiy, ijtimoiy, gumanitar va yoshlar tashabbuslari markaziga 250 mln.so‘m ajratilgan.
Bundan tashqari hududdagi 6 ta milliy madaniy markazlarga
40 mln.so‘mdan (jami 240 mln.) davlat subsidiyalari ajratilgan.
Shuningdek, o‘tgan yili 5 ta NNT xalqaro tashkilotlarning jami
54 ming 253 AQSh dollar miqdoridagi loyihalari g‘olibi bo‘lgan.
Yuqoridagi loyihalar asosida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Nogironligi bo‘lgan shaxslar, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni qo‘llab quvvatlash, ajrimlarning oldini olish, sportni rivojlantirish borasida bir muncha ishlar amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tsak bo‘ladi.
Amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda xato-kamchiliklar ham yuzaga kelmoqda, masalan NNTlarmiz tomnidan o‘z ustav talablariga amal qilmasligi, o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida tegishli adliya organini o‘z vaqtida va tartibda xabardor qilmasligi va boshqa da qonunchilik hujjatlariga amal qilmasligi holatlari ham uchrab turadi.
Shuningdek, mahalliy grant loyihalarini amalga oshirish uchun sifatli loyihalarning juda kamligi ham bu boradagi ishlar ustida NNT vakillari yanada ko‘proq ishlashi va izlanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Nodavlat notijorat tashkilotlari
bӯlimi boshlig‘i A.Bekjanov