Янгиликлар
15
Adliya ko`magi bilan xodimlarning ustama haqlari sud orqali undirib berildi
Beruniy tuman adliya bo`limiga tuman maktabgacha va maktab ta’limining axborot telekomunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo`limi xodimlari G`.Y. va B.B.lar murojaat qilib, 2020-2021-yillarda ishlagan davrlari uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5349-son Farmoniga asosan oylik maoshlariga 100 foizlik ustama haqlari to`lanmasdan kelayotganligini aytib, ushbu ustama haqlarini undirib berishni so`radi.
Murojaatlar tegishli tartibda o`rganib chiqildi hamda fuqarolar G`.Y va B.B. larga tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi (oldingi xalq ta’limi bo`limi)da 2020-yildan buyon ish faoliyatlarini olib borib kelayotganliklari, ularga 2022-yildan boshlab PF-5349-songa asosan 100 foizlik ustama haqlari to`lanib kelinayotganligi, lekin 2020-2021-yillar uchun asossiz ravishda 100 foizlik ustama haqlari to`lab berilmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5349-son Farmonining 7-bandi g kichik bandiga asosan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi, deb belgilab qo`yilgan.
Shunga asosan, tuman adliya bo`limi tomonidan fuqarolar G`.Y. va B.B. lar manfaatida 2020-2021-yillar uchun ustama mablag`larini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo`yicha Beruniy tumanlararo sudiga da’vo arizalari kiritildi hamda sudning hal qiluv qarori bilan G`.Y. va B.B. larning umumiy miqdorda 80 835 659 so`m ustama haqlari undirib beriladigan bo`ldi.
Beruniy tumani adliya bo`limi
Inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qo`llash amaliyotini
o`rganish bo`linmasi bosh maslahatchisi
3-darajali yurist, Sh.K.Ismailov