Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qonunchilikdagi yangiliklar


So’nggi yillarda yurtimizda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususan hunarmandlarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish, ularni zarur xomashyo va moliyaviy resurslar bilan uzluksiz ta’minlash, hunarmandchilik mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun infratuzilma yaratish va bozorlarni kengaytirish hamda aholini hunarmandchilikka keng jalb etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyundagi PF-91-son “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonning birinchi ilovasiga ko’ra hunarmandchilik faoliyatining yo’nalishlari tasdiqlandi.
Unga ko’ra, 43 ta quyidagi hunarmandchilik faoliyatining yo’nalishlari hisoblanadi: Ganch o‘ymakorligi, Qo‘lda gilam to‘qish, Qo‘lda gazlamalar to‘qish, Tosh o‘ymakorligi, Miniatyura, rangtasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar tayyorlash, Kandakorlik, miskarlik buyumlarini tayyorlash, Metalldan buyumlar yasash, Tunukadan buyumlar yasash, Milliy poyabzal tayyorlash, Milliy liboslar tayyorlash, Bosh kiyimlar tayyorlash, Yog‘och o‘ymakorligi, Suyakka o‘yma naqsh solish, Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash, Kashtachilik, Zardo‘zlik buyumlari, Musiqa asboblarini tayyorlash, Chinni, fayans va sopol buyumlari tayyorlash, Qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash, O‘yinchoqlar tayyorlash, Mayda haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash, Charm mahsulotlarini tayyorlash, Mualliflik mebellarini tayyorlash, Yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash, Pechka va kaminlar yasash, Novdalardan buyumlar to‘qish, Mozayka ishlari, Ko‘zgu tayyorlash, Shisha puflash ishlari, Hajmli va shaklli qoliplarda quyilgan buyumlar tayyorlash, Soatsozlik, Emallash ishlari, Esdalik buyumlarini tayyorlash, Oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar yasash, Ot anjomlarini tayyorlash, Xattotlik, Qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish, Makrame va qo‘lda to‘qilgan buyumlar tayyorlash, An’anaviy do‘ppichilik, Zamonaviy san’at asarlari yaratish, Devorga bezak berish, An’anaviy dizaynerlik xizmatlarini ko‘rsatish, Quroqchilik usulida tikish.
E’tiborga molek tomoni ushbu farmon bilan ayniqsa bugungi kunda “Hunarmand” uyushmasining ustuvor vazifasi etib hududlarda hunarmandchilik faoliyatining har bir yo‘nalishini alohida yondashuvlar asosida rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ayniqsa, hunarmandchilikning yo‘qolib ketayotgan turlarini saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish asosiy vazifa qilib belgilandi. Shuningdek, ushbu farmonning 3-bandiga ko’ra, 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag‘larning kamida 70 foizi hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan bo’ldi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari va tijorat banklari bilan birgalikda mazkur bandda nazarda tutilgan mablag‘larning manzilli ajratilishini ta’minlanishini belgilandi.
Shungingdek ushbu farmon bilan, Kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha subsidiya ajratish tartibi hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etilishi ko’rsatib o’tilgan. Kasanachilik deganda - tuziladigan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs (kasanachi) tomonidan o‘z yashash joyi bo‘yicha yoki kasanachiga yoxud uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan yoki kasanachi tomonidan ijaraga olingan boshqa xonalarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshiriladigan ishga aytiladi. Farmonning ikkinchi ilovasiga ko’ra, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar to’yxati shakillantirildi.
Unga ko’ra, “Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun – birinchi, ikkinchi, uchunchi toifa tuman shaharlar uchun - Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 baravarigacha, to’rtinchi toifa tuman shaharlar uchun - Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 4 baravarigacha, beshinchi toifadagi tuman shaharlar uchun - Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 5 baravarigacha qilib belgilangan.
Shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun - birinchi, ikkinchi, uchunchi toifa tuman shaharlar uchun - Xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha, to’rtinchi, beshinchi toifa tuman shaharlar uchun - Xarajatlarning 75 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha subsidiya berilishi belgilangan.
Ustalarga — internet saytlarini yaratish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun - birinchi, ikkinchi, uchunchi toifa tuman shaharlar uchun - Xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha, to’rtinchi, beshinchi toifa tuman shaharlar uchun - Xarajatlarning 75 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha subsidiya berilishi belgilangan.
Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun - BHMning 5 baravarigacha, Hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha - BHMning 40 baravarigacha qilib belgilandi.
Famonning 8-bandiga ko’ra, hunarmandlar uchun 2023-yil 1-iyuldan boshlab hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari sifatida jo‘natish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (jo‘natish xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berishi belgilab qo’yilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ushbu farmon bilan yurtimizdagi jamiyki, hunarmandchilik va kasanachilik bilan azal-azaldan shug’illanuvchi fuqarolar uchun katta imkoniyatlar asosi desak mubolag’a bo’lmaydi.



Amudaryo tumani adliya bo’limi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti: A.Z.Tojiboyev