Янгиликлар
15
Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar tegishli tartibda rag‘batlantirish tartibi haqida
Mamlakatimizda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va korruptsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2020 yil 31 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar tegishli tartibda rag‘batlantiriladi.
– Bir martalik pul mukofoti, tashakkurnoma yoki esdalik sovg‘a shakllarida belgilanib, shaxslar quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
– fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan o‘zlariga nisbatan pora talab qilgan shaxs haqida yoki o‘zlariga ma’lum bo‘lgan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik fosh etilishi;
– nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining yoxud davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisi o‘ziga nisbatan pora berishni taklif etgan yoki pora talab qilgan shaxs haqida yoxud o‘ziga ma’lum bo‘lgan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga (korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning xodimlari esa bevosita o‘z rahbariga) bergan xabari asosida huquqbuzarlik fosh etilishi;
– korruptsiyaga oid jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan xabar asosida qidiruvdagi shaxs ushlanishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno.
Rag‘batlantirish masalasini ko‘rib chiqish tartibi
– Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha jinoyat ishlari yuzasidan sudning ayblov hukmi yoki qarori qonuniy kuchga kirganda, shaxsning ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanganda yoki sudning ajrimi qonuniy kuchga kirganda, qidiruvdagi shaxsga nisbatan qidiruvning bekor qilinganligi to‘g‘risida prokurorning, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi qabul qilingandan so‘ng shaxsga nisbatan rag‘batlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar quydagilar hisobidan amalga oshiriladi?
– Aynan Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar, ularning oila a’zolari va yaqin qarindoshlarining huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.
Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar ?
– Bunday shaxslar guruhiga fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining yoxud davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchilari kiradi.
Korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashish deganda nima nazarda tutiladi?
– Tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoxud korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxslarni topishda yordam ko‘rsatish.
Rag‘batlantirish bo‘yicha Nizom talablari quyidagi shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi?
Mansabdor shaxslar, shu jumladan, tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi organlarga maxfiylik asosida ko‘maklashuvchi shaxslar, qonun hujjatlariga muvofiq korruptsiyaga oid jinoyatlar haqida o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilgan yoki korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni bevosita sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti 1-darajali yurist Sh.Sh.Vaisniyazov