Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

O‘qituvchining huquqlari himoya qilindi va ijara pullari to‘lab berildi


2023-yil 3-mart kuni To‘rtko‘l tuman Maktabgacha va Maktab ta’limiga qarashli “Yonboshqa’la” OFY chekka hududida joylashgan o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi fuqaro S.Q. mutaxassis sifatida olis hududda ishlayotganligi va ijarada turgani uchun unga 2022-yil 14-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvar kungi Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4940-sonli qaroriga asosan uy-joy ijara pullarini ish beruvchi tomonidan o‘z vaqtida to‘lab berilmayotganlik holati yuzasidan To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limiga murojaat qiladi.
Ushbu murojaat To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijada S.Q. ismli o‘qituvchiga 2022-yil 14-noyabrdan boshlab to‘lanmasdan kelinayotgan jami 1 200 000 ming so‘m uy-joy ijara pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Ushbu holat yuzasidan qounbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash borasida tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Maktabgacha va Maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi.

To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i BekpulatAvazmetov