Янгиликлар
14
Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlar amalga oshirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 07-martdagi PF-87-sonli “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga asos Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sogʻligʻini saqlash, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dastur ishlab chiqildi va 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Unga ko’ra 2022-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlab beriladigan boldi.
Xotin-qizlarga taʼlim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan, sirtqi va kechki taʼlim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarning taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat byudjetidan har yili 1,8 trillion soʻm resurs mablagʻlari yoʻnaltirilib boriladi.
Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini qaytarish shartisiz qoplab beriladi.
Xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha – 50 nafar, magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali qoʻshimcha grantlar ajratiladi.
Har yili Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining tavsiyalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan jami 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning taʼlim kontraktlari mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab beriladi.
Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili Qoʻmita tavsiyanomalariga asosan davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.
Davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy taʼlim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.
Xotin-qizlarni ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanishga jalb qilish maqsadida har yili mart oyida amaliy innovatsion loyihalar boʻyicha “Olima ayol” tanlovi oʻtkazib boriladi. 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitishning yangi tartibi joriy etiladi.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari huzurida malakani baholash markazlari tashkil etilib
malakani baholash markazlari kasbiy malaka talablarini ishlab chiqadi va salohiyatli taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasini beradi. Oʻquv kurslarini tugatgan xotin-qizlar bilimi darajasi malakani baholash markazlari tomonidan aniqlanadi va shu asosda ularga malaka sertifikatlari beriladi. Malaka sertifikatini olgan xotin-qizlarga mehnat faoliyatini boshlashi uchun oʻqish xarajatlariga teng miqdorda malakani baholash markazlari tomonidan subsidiyalar beriladi.
Qishloq joylaridagi ayollarni kasbga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan taʼminlash loyihalarini amalga oshirish maqsadida 2023-yildan boshlab har yili nodavlat tashkilotlarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 ming baravari miqdorigacha grantlar berish uchun Davlat byudjetidan kamida 50 milliard soʻm Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratib boriladi
Tuman (shahar) sektor shtablari joylashgan binolarning kamida bittadan xonasida oʻquv kurslarini oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
2022-yil 1-sentyabrdan boshlab mehnat resurslari zich boʻlgan qishloq joylarining reyestri (keyingi oʻrinlarda – Reyestr) joriy etiadi.
2022-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar Reyestrga kiritilgan hududlardagi umumiy xodimlari soni kamida 10 nafar boʻlgan va ularda ishlovchi xotin-qizlarning mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga Reyestrga kiritilgan hududda joylashgan obyektlar boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi 50 foiz imtiyoz qoʻllagan holda hisoblanadi.
2024-yil 1-yanvarga qadar barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar oʻrinbosarini xotin-qizlar orasidan tayinlash. Bunda mazkur talab tegishli tashkilot rahbari xotin-qizlar orasidan tayinlanganda yoki unda faqat bir nafar oʻrinbosar boʻlgan taqdirda majburiy hisoblanmaydi.
2022-yil 1-iyundan boshlab mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil qilinadi. Barpo etilgan markazlar mahallalar tomonidan tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2022-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yoʻnaltiriladi.
2022-yil 1-apreldan boshlab uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan, shu jumladan, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun ijtimoiy uy-joylarni “Xalqparvar” komissiyalari bilan kelishgan holda ikkilamchi uy-joy bozoridan sotib olishga ruxsat beriladi.
Uy-joyga muhtoj, jumladan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha boʻlgan qismi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
2022-yil 1-apreldan boshlab boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi. 3 yoshgacha boʻlgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat byudjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratiladi. Toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi. Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar oʻz huzurida maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Aliment toʻlovchining boshqa ijro hujjatlari boʻyicha majburiyatlari mavjud boʻlganda, qarzdordan undirilgan mablagʻlar aliment toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik toʻliq qoplangandan soʻng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va navbatda taqsimlanadi. Xuddi shu kabi, ijro harakatlari davomida qarzdorga solingan jarimalar va ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari ham aliment toʻlovlaridan joriy qarzdorlik toʻliq qoplangandan soʻng undiriladi.
Aliment majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlab kelayotgan va qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ijro organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish, shuningdek, davlat ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda ushbu manbalarda qidiruvdagi shaxslar va ularning mol-mulki toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolarga majburiy ijro va ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyati yaratiladi. Aliment boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda qarzdorlik toʻliq bartaraf etilguniga qadar qarzdorning transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash, qarzdorga litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan davlat xizmatlarini vaqtincha koʻrsatmaslik va aliment boʻyicha qarzdorlik mavjudligini nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilanadi.
Majburiy ijro byurosi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Sud qarori bilan aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan shaxslardan belgilangan mablagʻlarni uch oy ichida undirish imkoni boʻlmagan hollarda “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari aliment toʻlovlari boʻyicha shakllangan qarzdorlikni bir yoʻla toʻlash uchun yoʻnaltiriladi hamda keyinchalik aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.
Qo’ng’irot tumani adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuruskonsulti Annarazov. R