Янгиликлар
14
Korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasi tushunchasi mazmun va mohiyati
Korrupsiya so’zi lotinchadan tarjima qilinganda cherish ma’nosini berib,har qanday jamiyat rivoji uchun bosh to’siq bo’lib hisoblanadi.Korrupsiya erta davrlardanoq insoniyat rivojiga to’siq bo’lib, bugungi davrda sir emas xalqaro miqiyosdagi muammago ham aylanib ulgurdi. Bunday jirkach illatga qarshi kurash avvalo dono xalqimizdan birlikni va vatanga bo’lgan muhhabatni talab qiladi.Ushbu illatga qarshi kurash uchun xalqaro tajribalar xususan Singapur tajribasi asos qilib olinib, bir qator normative hujjatlar qabul qilinganligi ham rost.Endilikda bu kabi qonunlarning qabul qilinishi ushbu illatga qarshi kurashda o’z samarasini berib kelmoqda.
huquqbuzarliklar profilaktikasi — huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi tushuniladi.
Huquqbuzarlikar profilaktikasi tushunchasi 2014-yil 14-may kungi huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risidagi qonn bilan bevosita bog’liqdir.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi
1. Umumiy turdagi profilkatika
2. Maxsus turdagi profilaktika
3. Yakka turdagiprofilaktika
4. Viktimiologik turdagi profilaktika kabi turlarga bo’linadi.
Umumiy profilaktika tushunchasi bu- huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, aholi o‘rtasidagi huquqiy targ‘ibot, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish hamda huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish tushuniladi. Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Maxsus profilaktika- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha maxsus tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga va ijtimoiy moslashtirishga tayyorlash bo‘yicha maxsus tadbirlarni amalga oshirish tushuniladi.
Yakka turdagi profilaktika - profilaktika suhbati, rasmiy ogohlantirish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida xabardor qilish, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish, profilaktik hisobga olish, majburiy davolanishga yuborish, ma’muriy nazorat tushuniladi.
Viktimiologik profilaktika- huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda profilaktika tadbirlarini o‘tkazish, aholiga, shu jumladan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar o‘rtasidagi nizolarni hal etish usullarini o‘rgatish, huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish, huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etish kiradi.
Xulosa qilib aytilganda, muhtaram yurtboshimiz tamonidan ilgari surilayotgan bu kabi tashabbuslar buyuk kelajagimizning huquqiy asosi va negizi ham hisoblanadi.
Beruniy tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti M.Xaytbayev