Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“Аyollar daftari “ , “Yoshlar daftari ” va “ Temir daftarlarga“ kimlar kiritiladii


Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-mart kungi 145-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bob, 4-bandiga koʼra, «Аyollar daftari»ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritilishi belgilangan.
Unga koʼra, “Аyollar daftariga” ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar, bandligi taʼminlanmagan, ishlash istagida boʼlgan, daromad manbaiga ega boʼlmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yoʼqotgan, biroq ishlash ishtiyoqi boʼlgan xotin-qizlar;
boquvchisini yoʼqotgan ehtiyojmand xotin-qizlar, boquvchisi boʼlmagan, qoʼshimcha moddiy yordamga muhtojlar; ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʼlgan xotin-qizlar, mehnatga qobiliyatsiz, oʼzgalar parvarishiga muhtojlar; uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʼlgan xotin-qizlar, mehnat qilish qobiliyatini butunlay yoʼqotgan, yolgʼiz yashaydigan, uy-joyini taʼmirlash imkoniyati boʼlmaganlar; noturar joylarda istiqomat qilayotgan, oʼzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʼlmagan xotin-qizlar, maʼmuriy binolar, yertoʼlalar va istiqomat qilish maqsadlariga moʼljallanmagan boshqa binolarda yolgʼiz yoki oila aʼzolari bilan birgalikda yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar joyi boʼlmagan holda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar; qaramogʼida bir va undan ortiq I yoki II guruh nogironligi boʼlgan bolalari mavjud yolgʼiz ayollar; tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar, oʼzi va birgalikda yashovchi oila aʼzolari ogʼir ijtimoiy vaziyatda boʼlgan, surunkali yoki ogʼir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli daromad manbaiga ega boʼlmaganlar; huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʼgʼrisida murojaat qilganlar hamda psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar kiritilishi belgilangan.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarorining 2-ilovasi bilan «Yoshlar daftarini» yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomi tasdiqlangan.
Ushbu Nizomning 2-bob 4-bandiga koʼra, «Yoshlar daftari»ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʼyicha oʼn toʼrt yoshga toʼlgan va oʼttiz yoshdan oshmagan (oʼttiz bir yoshga toʼlmagan) quyidagi toifadagi: oila aʼzosi «Temir daftar», «Аyollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan; ijtimoiy himoyaga muhtoj boʼlgan; boquvchisini yoʼqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan; oʼziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan; oʼzgalar parvarishiga muhtoj boʼlgan ishga layoqatsiz; I yoki II guruh nogironligi boʼlgan; farzandida I yoki II guruh nogironligi boʼlgan; jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʼlgan; ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʼlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʼxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʼlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʼlgan; yuzaga kelgan holatlar sababli ogʼir turmush sharoitida qolgan; zoʼravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʼinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʼligʼiga, mulkiga zarar yetgan; «Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan; haq toʼlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʼulotga ega boʼlmagan; davolanishga muhtoj boʼlgan bemor yoshlar; jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan; muayyan yashash joyiga ega boʼlmagan; psixologik maslahatga muhtoj; nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila; dehqonchilik yoki tomorqa xoʼjaligini yuritayotgan, shuningdek yosh tadbirkor yoki oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʼyxatdan oʼtgan yoshlar kiritiladi.
Shu bilan bir qatorda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
20-apreldagi 250–son qarorining 1 -ilovasi bilan Vaqtinchalik tartiblar tasdiqlangan.
Ushbu vaqtincha tartiblarning 2-bob 4-bandiga asosan, «Temir daftarlar»ga quyidagi toifaga kiruvchi shaxslar jumladan: kam taʼminlanganlar; nogironligi boʼlganlar; ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar; yakka-yolgʼiz keksalar; doimiy ishsiz fuqarolar hamda karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar kiritilishi belgilangan.
Xulosa qilib aytganda, “Аyollar daftari “ , “Yoshlar daftari ” va “ Temir daftarlar“ni yuritishdan koʼzlangan maqsad, ushbu toifaga kiritilgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy qoʼllab-quvvatlashdan iboratdir.


Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi B.Аvazmetov,