Янгиликлар
25
To‘rtko‘l tumanida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi
Respublikamizda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar soha vakillari bilan bir qatorda adliya organlari xamkorligida, mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarning turi, soni, shaxslar toifasi, yosh kategoriyasi ko‘rsatilgan ma’lumotlarlar asosida, jinoyatlarning sodir etilish sabablari va oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.
Mahallarda tashkil qilingan beshliklar hamda jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subektlar bilan hamkorlikda olib borilgan targ‘ibot va tashviqot tadbirlari natijasida joriy yil 3 oy davomida tumanimizda ayrim turdagi jinoyatlarni kamayishiga hamda umuman sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligiga erishildi.
Tuman hududida jinoyatchilikning ahvoli sektor kesimida 2022 yilning 3 oyi va 2023 yilning 3 oyi davomida sodir etilgan jinoyaitlar tahlil qilinganda 1-sektor hududidan Yoshlik MFY, Shuraxon OFY, Ko‘na-To‘rtko‘l OFY, 2-sektordan Paxtaobod OFY, Shodlik MFY, 3-sektordan Oqqamish OFY, 4-sektorda To‘rtko‘l MFY, Turkiston MFY, O‘zbekiston MFY, Ullubog‘ OFY da kamayishiga erishilgan bo‘lsa, 1-sektordan Navro‘z MFY, Anhorli MFY, Yanboshqal’a OFYda, 2-sektordan Paxtaobod OFY, Ibn-Sino MFY, Navoiy MFY, Ota-yurt OFY, Ko‘kcha OFY va Oqboshli OFYda biron bir jinoyat sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaganligiga erishildi.
Shuningdek, ijobiy ishlar bilan bir qatorda, 1-sektorda Jayxun MFYda 1 dan 3 ga, Dustlik MFY da 1-dan 2 ga, Paxtachi OFY 1-dan 3 ga, 2-sektorda O‘zbekiston OFYda 0 dan 1 ga, 3-sektorda Guliston MFYda 2 dan 4 ga, Yangiobod MFYda 1 dan 4 ga, Bog‘yop MFYda 0 dan 3 ga, 4 sektorda Markazobod MFYda 2 dan 8 ga, Tozabog‘yop OFYda 3 dan 7 oshganligi yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan: tuman miqiyosida o‘g‘irlik 8 dan 6 ga (-25%) kamayishiga (-25%), firibgarlik jinoyati 8 dan 9 ga (12,50%) o‘sishiga, o‘lim bilan bog‘liq YTX 3 dan 2 ga (33,33%) kamayishiga, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar jinoyatlar 5 dan 6 ga (20%) o‘sishiga yo‘l qo‘yilgan.
Tuman hududida umumiy jinoyatchilikning 44 dan 37 ga (-15,91 %)ga, jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha 18 dan 13 ga kamayishiga erishildi.
Bugungi kunda, tasdiqlangan chora tadbirlar ijrosi yuzasidan nazorat rejalari ishlab chiqilib, jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, har payshanba “Huquqbuzarliklar profiliktikasi kuni” doirasida “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” mavzusida tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda reja manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi boshlig‘i,
3-darajali adliya maslahatchisi
M.Nuraddinov