Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Davlat ramzlarini hurmat qilishimiz shart.


O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari davlattimiz mustaqilligining ramzidir O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlarini hurmat qilishlari shart ekanligi qonunchiligimiz tomonidan belgilab qo’yilgan bo’lib, bunda bosh qomusimiz va quyidagi qonunchiligizdagi normalarda ifoda qilingan kafolat hamda javobgarliklarni sanab o’tishimiz mumkin.
Ular quyidagilardan iborat. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida, O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir, deb belgilab qo’yilgan.
Davlatimiz bayrog’i to’g’risida 1991 yildagi 18-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayro’gi to’g’risida”gi 407-XII-son qonunining 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. Ushbu qonunning 13-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi, deb kafolatlangan.
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yildagi 02-iyul kungi “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to’g’risida”gi 616-XII-son qonuni 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Ushbu qonunning 8-modda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yildagi 10-dekabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to’g’risida”gi 768-XII-son qonunining 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Ushbu qonunning 13-modda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini hurmat qilishi shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Endi yuqorida sanab o’tilgan qonunlarning buzilishi ma’muriy yoki jinoiy javobgarchilik keltirib chiqarishi haqida quyidagilarni sanab o’taman.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 2031-moddasi Davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish to’g’risida bo’lib, O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, bu fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi 215-moddasida Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish o’qibatlari haqida quyidagicha keltirilgan, O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki davlat ramzlari davlat tomonidan himoyalangan bo’lib hamda ularni e’zozlashimiz shartdir.

Beruniy tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Qadirov