Янгиликлар
27
ER-XOTINNING O`ZARO ROZILIGI ASOSIDA NIKOHDAN AJRALISHNI QAYD ETISH
Amaldagi oila qonunchiligi nikohdan ajralishning sud tartibi bilan birga ma`muroy tartibini, ya`ni fuqarolik holati dalolatnonalarini yozish organida nikohdan ajratish tartibi belgilaydi. “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi”ning 42-moddasiga asosan voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o‘zaro rozi bo‘lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati alolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.
Er-xotin o‘rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish to‘g‘risida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizo bo‘lgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
FHDY organi mulkiy nizolari hamda voyaga etmagan farzandlari bo`lmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish to`g`risidagi arizani qabul qiladi.
Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan,ulardan birining yashash joyidagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to`g`risidagi arizani berish uchun FHDY organiga kela olmasa, u holda er-xotin tomonidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizasidagi imzosi notarial tartibda yoki er-xotin yashab turgan joydagi FHDY organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo`lishi kerak.
Nikohdan ajratishni qayd etish er-xotinning yoki ulardan birining ishtirokida nikohdan ajratish haqida FHDY organiga ariza bergan kundan keyin 3 oy o`tgach amalga oshiriladi va sobiq er-xotinlarning har biriga nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beriladi.
Er yoki xotindan birining nikohgacha bo`lgan familiyasiga qaytishi to`g`risidagi istagi nikohdan ajratish haqidagi arizasida ko`rsatilishi kerak.
To`rtko`l tumani adliya bo`limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori
Nurullayeva Aruxon Uktam qizi