Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati


Soʻnggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yana-da keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.
Qonun bilan:
- 49 ta litsenziyalar, 121 ta ruxsat berish hujjatlari hamda 33 ta xabarnomalarning yakuniy ro‘yxatlari tasdiqlandi.
- Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish va ular bilan bog‘liq boshqa tartiblar barcha uchun ochiq bo‘lgan “Litsenziya” axborot tizimi (maxsus elektron tizim) orqali amalga oshiriladi.
- Yuridik shaxslar filiallari va vakolatxonalari uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi. Bunda avval olingan litsenziyalarda va ruxsatnomalarda filiallar va vakolatxonalarning manzillari ko‘rsatiladi.
- Filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslar vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali xabardor qiladi.
- Litsenziyalar, ruxsat berish hujjati va xabarnomalar reestrlari faoliyat turi bo‘yicha alohida-alohida maxsus elektron tizimda ochiq elektron shaklda yuritiladi.
- Reestrda litsenziyalarni chaqirib olish asoslari va sanalari, faoliyatni xabardor qilish tartibi asosida amalga oshirishga doir taqiqning qolgan muddati va boshqa ma'lumotlar aks ettirilishi belgilandi.

Arizalarni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
- litsenziyani yoki ruxsatnomani berish uchun zarur hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi;
- talabgorning litsenziya va ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
- taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma'lumotlar mavjudligi;
- o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy hamda texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Litsenziyani yoki ruxsatnomani berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoxud boshqa asoslarga ko‘ra, quyidagi hollarda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi:
- xodimlar kasbiy malakasi belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
- taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
- litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmaganda.
Arizada bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi.
Kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda talabgorga 1 ish kunida yuboriladi.
Xabarnomada hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari, ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni takroran taqdim etish mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.
Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin 30 ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

To’rtko’l tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
bo’lim boshlig’I D.Tojiyev.