Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Diniy eksterimzm va terrorizmga qarshi kurashish


Eksrterimzm va terrorizm insoniyat bilan birga 21-asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylandi. Eksterimzm-bag‘rikenglik, rang baranglilik va hamfikrlikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka rahna soladi. Aqidaparastlar-ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madananiy sohalarga zarar yetkazadilar, jamiyatga rahna ommaviy tarzda psihologik bosim o‘tkazib, eng mudhish shakllardagi zo‘ravonlik va agressiyaviylik mafkurasini yoyib ommaga tadbiq qiladilar. Shu nuqtai nazardan jamiyatda diniy asaosda nizolar chiqishga yo‘l qo‘ymaslik, dinni siyosiylashtirish va sohtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni ishdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olish davlat va jamiyatning oldiga qo‘ygan hayotiy muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki O‘zbekiston davlati mustaqilligining ilk kunlaridanoq o‘zining dinga bo‘lgan munosabati aniq va qa’tiy belgilab oldi. Davlatning dinga bo‘lgan munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik daxriylik” degan tamoyillar asosida belgilanadi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya va vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunda o‘zining ifodasini topgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi Islomiy, 157 tasi Xristian, 8 tasi Yohudiy, 6 tasi Bahoiy jamoalari bittadan Krishnani anglash jamiati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konvessiyalararo Bibliya ham faoliyat yuritmoqda. Diniy tashkilotlar qaysi konvessiyaga taaluqligidan qatiy nazar, faoliyat borasida bir xil huquqga egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglikning ifodasidir. Takidlash joizki turli eksterimistik va terroristik tashkilotlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan faoliyatini davom ettirmoqda. Shu nuqtayi nazardan Muhtaram Prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jahon hamjamiyati e’tiborini Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, terrorizm va eksterimzm transmilliy jinoyatchilik va narkografik taxdidlariga qarshi samarali kurasishni BMT prentiv diplomatiya usullardan foydalangan holda, shuningdek MDX, ShXT, EXXT va boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar mehanizmlari doirasida taminlash mumkin ekaniga xavfsizlikka taxdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan vos kechish, “yahlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligini takror takror takidlab aytib o‘tgan.


Amudaryo tumani
Adliya bo‘limi boshlig‘i M.Sadikov