Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan:
yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;
fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YaTTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);
xususiylashtiriladigan davlat ob’ektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);
bo‘sh turgan yerlarni xususiylashtirish mumkin.
Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:
umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;
yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.
Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar Davlat byudjetiga yo‘naltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilgan).
Mulkdorlar, yerdan foydalanuvchilar uchun xususiylashtirish to‘lovi mazkur yer uchastkasi uchun hisoblangan yer solig‘i miqdorining 20 barobari deb belgilangan.
Yerga nisbatan mulk huquqini olgandan keyin undan garov obekti sifatida ham foydalanish mumkin. Yerni mulk sifatida bankka garovga qo‘yib ipoteka olish imkoniyati ham yuzaga keladi.
Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obektlari joylashgan yer uchastkalari;
tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari);
xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;
qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari – maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;
ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.
Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun endi jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga yoki Yagona davlat interaktiv portali (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilishi mumkin.

To’rtko’l tuman adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i D.Tokimbetov.