Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni


Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini mustahkamlashga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mamlakatimizda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish orqali ularga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilgan.
Bugungi kunda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalari tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Tumanlararo ma’muriy sudlar faqat viloyat markazlarida joylashganligi, hududlar geografik joylashuvi bo‘yicha bir-biridan uzoqda joylashganligi va ichki ishlar organlari xodimi mazkur ish bilan shug‘ullanishi davomida o‘z xizmat joyini uzoq muddat bo‘sh qoldirayotganligi tufayli muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish amaliyotini fuqarolarga qulayliklar yaratish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqishga doir normalarini O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘tkazish hamda tegishli ishlarni ko‘rib chiqishni ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlariga o‘tkazish belgilandi
Unga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida ish yuritish tartibi kiritildi.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlanganda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgandan e’tiboran 48 soatda uni reabilitatsiya markaziga 30 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi materiallar bunday shaxs aniqlangan yerdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.
Iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ushbu kiritilgan o‘zgartirishlar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklarning va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Chimboy tumani Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Bekimbetov