Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN HAYDOVCHILAR LITSENZIYANI QAY TARTIBDA OLADI?


“Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan 2022-yil 1-sentyabrdan 2024-yil oxiriga qadar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilindi.
Yengil avtomobil haydovchisi litsenziya varaqasini olish uchun avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul amalga oshiriladi. Yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
O’zini o’zi band qilgan haydovchi my.gov.uz orqali yoki Adliya bo’limi davlat xizmatlari markaziga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun belgilangan davlat bojini to‘lab, litsenziya varaqasini oladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega bo‘lishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun bazaviy xisoblash miqdorining bir barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin. Shuningdek ijtimoiy soliq to‘lash o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

Ellikqal’a tumani аdliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i A.J.Jabbarov