Янгиликлар
20
Yillik mehnat ta`tillarini berish tartiblari.
O`zbekiston Respublikasi amaldagi Mehnat kodeksiga asos barcha xodimlarga, shu jumladan o`rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o`rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta`tillari beriladi. Xodimlarga 15 ish kunidan kam bo`lmagan 48 ish kunidan ko`p bo`lmagan muddat bilan yillik mehnat ta`tili beriladi. Yillik mehnat ta`tillar asosiy, uzaytirilgan hamda qo`shimcha ta`tillardan iborat bo`lishi mumkin. Yillik asosiy ta`tillarning eng kam muddati 15 kun hisoblanadi. Quyidagi xodimlarga yoshi va sog`lig`i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta`til beriladi: 18 yoshga to`lmagan shaxslarga — 30 kalendar kun; ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — 30 kalendar kun. Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o`ziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni e`tiborga olib, qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilgan ta`tillar belgilanadi.
Yillik qo`shimcha ta`tillar:
- mehnat sharoiti noqulay va o`ziga xos bo`lgan ishlarda band bo`lgan (mehnat jarayonida sog`lig`iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta`sir etadigan) xodimlarga,
- og`ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga va mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlarida, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa xodimlarga beriladi.
Korxonalarda qo`shimcha ta`til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro`yxati, ta`tillarning muddati, ularni berish tartibi va shartlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomasi bilan (agar ular tuzilmaydigan bo`lsa, — kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib ish beruvchi tomonidan) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan mehnat sharoitlarini baholash uslubiyoti asosida belgilanadi.
Mehnat sharoiti o`ziga xos bo`lgan ishlar uchun, shuningdek o`ta zararli va o`ta og`ir mehnat sharoiti va og`ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun qo`shimcha ta`tilning eng kam muddati, bunday ta`tilni berish shartlari va tartibi O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
O`zbekiston Respublikasi yangi Mehnat kodeksiga asos (2023-yil 30-aprelda kuchga kiradi) har yilgi mehnat ta'tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o'rni (lavozimi) hamda o'rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir. Barcha xodimlar, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta'tiliga chiqish huquqiga ega.
Har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til. Quyidagilarga yoshi va sog'lig'ining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi: o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga – o'ttiz kalendar kun; I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarga – o'ttiz kalendar kun. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi yigirma etti kalendar kun bo'lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.
Har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tillar ayrim toifadagi xodimlar uchun ham ular mehnat vazifalarining o'ziga xos jihatlari va xususiyatlariga hamda boshqa holatlarga qarab belgilanadi. Bunday ta'tillar olish huquqiga ega bo'lgan xodimlarning ro'yxati va ushbu ta'tillarning davomiyligi qonunchilikda belgilanadi. Qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tillar berish, shuningdek har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan ko'paytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.
Har yilgi mehnat ta'tillarining davomiyligini hisoblab chiqarish xodimlarning har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi. Har yilgi mehnat ta'tili davriga to'g'ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta'tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillarining davomiyligi olti kunlik ish haftasi hisobidan kalendar bo'yicha ish kunlarida hisoblab chiqariladi.
Har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillarini jamlash tartibi. Har yilgi mehnat ta'tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo'shimcha ta'tillar har yilgi asosiy eng kam ta'til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilga qo'shib jamlanadi. Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta'tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun ellik olti calendar kundan oshib ketishi mumkin emas. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan cheklov qonunchilikda nazarda tutilmagan, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ish beruvchining kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishuvga ko'ra qabul qilingan ichki hujjatlarida yoxud mehnat shartnomasida belgilangan mehnat ta'tillariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Taxiotosh tumani adliya bólimi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Z.Bayniyazova