Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

AYOLLARNING JAMIYATDAGI O`RNI VA ULARNING HUQUQLARI.


Dunyoning ko`plab rivojlangan davlatlari qatorida O`zbekiston Respublikasida ham ayollar va bolalarga bo`lgan e`tibor - ularning jamiyatdagi va davlat boshqaruvidagi o`rnini mustahkamlashning davlat siyosati darajasigacha ko`tarilayotganida namoyon bo`lmoqda. Har qanday jamiyatning rivojlanishida muhim ro`l kasb etadigan tarbiya masalasi oiladan shakllanadi. Oila esa o`z navbatida, undagi er-hotin, ota-ona bilan farzand o`rtasidagi munosabatlarning maskanidir. Shunday ekan bir –biriga bog`liq bo`lgan munosabatlar zamirida jamiyatni tashkil qiluvchi SHAXS shakllanadi. Tarbiya va ayolning oiladagi o`rni masalasida ko`plab uzundan uzoq isbotini allaqachon amalda k`orasatayotgan misollarni kelrirish mumkin. Hususan, O`zbekiston Respublikasining gender tengligi bo`yicha olib borayotgan siyosati, davlat boshqaruvida xotin-qizlarga ko`plab imkoniyat eshiklarini ochadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tashkil qilingan. Respublikamiz Kontitutsiyasi 46- moddasi bilan xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqliliklari belgilab qo`yilgan bo`lib, ularni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalardagi faoliyatlari qonun bilan himoyalangan.
2019-yil 23-avgustda O`zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari”to`g`risida Qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonunga asosan ayollarning jins bo`yicha bilvosita kamsitilishi taqiqlanib, xotin-qizlarningbjamiyatdagi ijtimoiy mavqeinin mustahkamlashga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta`minlashga qaratilgan ijobiy choralar qatiy belgilangan.
Mehnat qonunchiligida ayollarga alohida huquq va erkinliklar berilgan. Homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog`liq sabablarga ko`ra ishga qabul qilmaslik ishga qabul ishni qonunga xilof ravishda rad etish sanaladi (Mehnat kodeksi 120-m.). Homilador ayollarga, uch yoshga to`lmagan bolasini bor ayollarga ishag qabul qilishda dastlabki sinov muddati belgilanmaydi (Mehnat kodeksi 129-m.). Bundan tashqari mehnat shartnimasini bekor qilishda ham homilador ayollar va uch yoshgacha bolasi bo`lgan xodimlar uchun kafolatlar berishni nzarada tutadigantalablarga rioya qilmasdan ish beruvchining tashabbusiga ko`ra bekor qilish taqiqlanadi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, Respublikamizda ayollarning har qanday sohada faol ishtiroki kafolatgan hamda ularning huquq va erkinliklari davlat himoyasidadir.

Ellikqal`a tumani FHDY bolimi mudirasi vvb D.Nuriyeva