Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIGA 30 YIL


Konstitutsiya mamlakatimizdagi oliy yuridik kuchga ega bo`lgan huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya asosida va uning ijrosini ta`minlash maqsadida boshqa qonunchilik hujjatlari qabul qilinadi.
1985-1990-yillarda SSSRda olib borilgan qayta qurish ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda davlat turmushini o`zgartirib yubordi. Shuning natijasida O`zbekistonda, shu bilan bir qatorda Qoraqalpog`istonda ham jamiyatning va davlatning davr talabiga mos rivojlanish jarayoniga o`z ta`sirini o`tkazuvchi, uni muvofiqlashtiruvchi hamda tartibga soluvchi yuridik hujjat bo`lishi kerak edi.
Mana shunday ijtimoiy-siyosiy muhitda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i soveti tomonidan tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiya Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqib, 1993-yil 9-aprel kuni Jo`qorg`i sovetning 12-chaqiriq 12-sessiyasida Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqidagi Qonun imzolandi.
Konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan jamiyat va davlat qurilishining barcha sohalaridagi munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizim yaratildi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari davlat tomonidan kafolatlandi.
Shuningdek, Konstitutsiyada davlat hokimiyatning bo`linishi prinsipi asosida amalga oshirilishi belgilandi, fikrlarning xilma-xilligiga hamda ko`ppartiyaviylikka asos yaratildi.
Davlat siyosatidagi tub o`zgarishlarni o`zida mujassam etgan Konstitutsiyada bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatning iqtisodiy negizi bo`lgan xususiy mulk, erkin tadbirkorlik kabi institutlar mustahkam huquqiy asosga ega bo`ldi.
Konstitutsiya 6 bo`lim, 26 bob, 121 moddadan iborat.
Xabaringiz bor, keyingi yillarda davlatimizda davlat va jamiyat rivojlanishi, sud huquq sohasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, mana shunday islohotlar natijasida Konstitutsiyamizga 1994-yil, 1995, 1997, 2003 xәm 2014, 2019 (29-iyun va 16-dekabrda) va 2021-yil 12-fevral kuni o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan.
Bu yil davlatimizda ulkan siyosiy jarayonlardan biri O`zbekiston Respublikasining Yangi konstitutsiyasi bo`yicha referendum bo`lib o`tadi.
Referundum o`tkazish inson va fuqaroning Konstitutsiyamizda belgilangan siyosiy huquqlarining biri bo`lib, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo`ladi.
Referendum fuqarolarning o`z xohish-irodasini umumiy, teng va to`g`ridan-to`g`ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi.
Bugungi kunda biz konstitutsiyaviy normalarning amalda ijrosini ta`minlashga, xalqimizning turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilinayotganligining guvohi bo`lmoqdamiz.
Ayniqsa, Prezidentimizning aynan Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan 2022 yil 31 avgust kungi PF-213-son Farmonining o`zi qanchadan-qancha fuqarolarimizni, tadbirkorlarimizni, abiturientlarimizni quvonchiga sababchi bo`lib, ularga yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Xabaringiz bor, Qoraqalpog`iston Respublikasida O`zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalarining va qonunlarining so`zsiz ustunligi tan olinadi.
Xulosa o`rnida shuni aytib o`tishimiz kerakki, qonun ustuvorligini, qonunchilik hujjatlarida ko`rsatilgan normalarning so`zsiz ijrosini ta`minlash har birimizning asosiy vazifamiz bo`lishi lozim.

Raimbekova Saltanat Maxsetovna,
Beruniy tumani adliya bo`limi boshlig`i