Янгиликлар
05
O‘zbekiston Respublikasi yangi Mehnat kodeksiga asosan ta’tillarni hisoblashda ayrim xodimlarga beriladigan imtiyozlar.
O‘zbekiston Respublikasi yangi Mehnat kodeksining 213-moddasiga asosan ushbu Kodeksda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun ta'tillarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:
har yilgi mehnat ta'tili; ijtimoiy ta'tillar;
ish haqi qisman saqlanadigan ta'til; ish haqi saqlanmaydigan ta'til.
O‘zbekiston Respublikasi yangi Mehnat kodeksining 218-moddasida Har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til Quyidagilarga yoshi va sog'lig'ining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi:
o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga – o'ttiz kalendarь kun; I va II guruh nogironligi bo'lgan xodimlarga – o'ttiz kalendarь kun.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi yigirma yetti kalendar kun bo'lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.
Har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tillar ayrim toifadagi xodimlar uchun ham ular mehnat vazifalarining o'ziga xos jihatlari va xususiyatlariga hamda boshqa holatlarga qarab belgilanadi. Bunday ta'tillar olish huquqiga ega bo'lgan xodimlarning ro'yxati va ushbu ta'tillarning davomiyligi qonunchilikda belgilanadi.
Qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tillar berish, shuningdek har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan ko'paytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.
Hamda, O‘zbekiston Respublikasi yangi Mehnat kodeksining O‘zbekiston Respublikasi yangi Mehnat kodeksining 219-moddasiga asosan Har yilgi qo'shimcha ta'tillar: ushbu Kodeksning 481-moddasiga muvofiq mehnat sharoitlari
noqulay ishlarda band bo'lgan xodimlarga; ushbu Kodeksning 483-moddasiga muvofiq noqulay tabiiy-iqlim
sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga; ushbu Kodeksning 220-moddasiga muvofiq bitta tashkilotda yoki
tarmoqda ko'p yillik ish stajiga ega bo'lgan xodimlarga;
qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi yangi Mehnat kodeksining 233-moddasiga asosan har yilgi mehnat ta'tili davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda agar ish yili davomida xodimning har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligi o'zgargan (voyaga yetmagan xodim o'n sakkiz yoshga to'lganligi munosabati bilan u asosiy uzaytirilgan mehnat ta'tilini olish huquqini yo'qotgan; xodimga I yoki II guruh nogironligi belgilangan va shu sababli unda uzaytirilgan ta'til olish huquqi yuzaga kelgan; xodim ish yilining bir qismini oddiy mehnat sharoitlarida, boshqa qismini esa unga qo'shimcha ta'til olish huquqini beradigan noqulay mehnat sharoitlarida ishlagan bo'lsa; xodim ish yili davomida boshqa ishga o'tkazilgan va bu ishda mehnat ta'tilining xodim unga o'tkazilguniga qadar bajargan ishidagiga nisbatan boshqacha davomiyligi nazarda tutilgan bo'lsa va boshqalar) bo'lsa, har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarish amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga ko'ra xodimni vaqtincha boshqa ishga o'tkazish har yilgi mehnat ta'tili davomiyligining mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asosiy ish bo'yicha belgilangan mehnat ta'tili davomiyligiga nisbatan kamayishiga olib kelmasligi kerak.
Ishning birinchi yili uchun har yilgi mehnat ta'tili quyidagi toifadagi xodimlarga ishlab berilgan vaqtiga mutanosib ravishda haq to'langan holda to'liq davomiylikda beriladi:
har yilgi mehnat ta'tili o'quvchilarning yozgi ta'tili davrida beriladigan ta'lim tashkilotlarining o'qituvchilar tarkibiga va uslubiyotchilariga. Ushbu toifadagi xodimlarning ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta'tiliga to'liq hajmda haq to'lanadi; birinchi ish yilida olti oydan kam ishlagan o'rindoshlarga – asosiy ishi bo'yicha har yilgi mehnat ta'tili bilan bir vaqtda mehnat ta'tili berilganda. Birinchi ish yilida o'rindoshlik asosidagi ishda olti oydan ko'p ishlagan xodimlarga bunday ishda beriladigan mehnat ta'tili, shuningdek keyingi ish yillaridagi har yilgi mehnat ta'tillari uchun to'liq haq to'lanadi.
Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda joriy ish yilida foydalanilmagan har yilgi mehnat ta'tili uchun xodimga tegishli bo'lgan kompensatsiyaning miqdori, shuningdek joriy ish yilida ishlab berilmagan ta'til kunlari uchun ushlab qolinadigan haq miqdori xodimning oxirgi ish yilida ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi yangi Mehnat kodeksining 224-moddasiga asosan
Har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tilining to'liq miqdorini o'n ikkiga bo'lish hamda to'liq ishlangan oylar soniga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi. Bunda o'n besh kalendar kunga teng va undan ko'p bo'lgan ortiqcha kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o'n besh kalendar kundan kami esa hisobga olinmaydi. Ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta'tili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan ko'p o'nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi yangi Mehnat kodeksining 228-moddasiga asosan Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta'tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo'lgan ta'tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta'tillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.
Ta'tillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishuvga ko'ra tasdiqlanadi.
Xodim har yilgi mehnat ta'tili beriladigan vaqt to'g'risida ta'til boshlanishidan kamida o'n besh kun oldin xabardor qilinishi kerak.
Xodimning xohishiga ko'ra har yilgi mehnat ta'tili unga qulay bo'lgan vaqtda quyidagilarga berilishi kerak:
ayollarga – homiladorlik va tug'ish ta'tilidan oldin yoki undan
keyin; bolani parvarishlash ta'tilidan foydalanayotgan xodimga ushbu
ta'tildan oldin yoki keyin; o'n to'rt yoshga to'lmagan bir yoki undan ortiq nafar bolani (o'n olti yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg'iz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o'rnini bosuvchi shaxslarga);
I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga;
1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo'yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga; o'n sakkiz yoshdan kichik bo'lgan shaxslarga;
ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida o'qiyotganlarga, agar ular o'zining har yilgi mehnat ta'tilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa o'quv ishlarini bajarish vaqtiga to'g'rilab olishni xohlasa;
“O'zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga;
jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud boshqa
ichki hujjatlarda belgilangan hollarda boshqa xodimlarga.
Ishlaydigan erkaklarga har yilgi mehnat ta'tili ularning xohishiga ko'ra xotinining homiladorlik va tug'ish ta'tili davrida beriladi.
Jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta'tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan o'zgartirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi yangi Mehnat kodeksining 400-moddasiga asosan Homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat ta'tili, ularning xohishiga ko'ra, tegishincha homiladorlik va tug'ish ta'tilidan oldin yoki undan keyin beriladi.
Homilador ayollarni yillik mehnat ta'tilidan chaqirib olishga yo'l qo'yilmaydi.
Bolani parvarishlash ta'tilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat ta'tili, uning xohishiga ko'ra, bola parvarishlash ta'tilidan oldin yoxud undan keyin beriladi.
Ishlaydigan erkaklarga xotinining homiladorlik va tug'ish ta'tili davrida o'z xohishiga ko'ra yillik mehnat ta'tili:
birinchi ish yili uchun – ishlab berilgan vaqtdan qat'i nazar; keyingi yillarda – ta'tillar berish jadvalidan qat'i nazar beriladi.
O'n to'rt yoshga to'lmagan bitta va undan ortiq bolani (o'n olti yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg'iz otaga, yolg'iz onaga (beva erkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolg'iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik mehnat ta'tillari, ularning xohishiga ko'ra, ular uchun qulay bo'lgan vaqtda beriladi
To'rtko'l tuman adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti
Allabergenov Davranbek Allabergenovich