Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

OAVlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi.


Ilgari OAVlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi aniq bir ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bo‘lmagan.
Hozirgi kunda ushbu xolatni bartaraf etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 dekabrdagi qaroriga asosan O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilandi va xozirgi kunda ushbu qarorga asosan, OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki onlayn tarzda «my.gov.uz» platformasi orqali ariza yuborish kerak bo‘ladi.
So‘rovnomaga OAV yoki internet nashri tahririyati yuridik shaxs bo‘lmagan hollarda, tahririyat to‘g‘risidagi nizomning nusxasi hamda muassis agar ikkita bo‘lsa, ta’sis shartnomasi ilova qilinadi.
Ariza beruvchi uchinchi shaxs bo‘lgan taqdirda tegishli tartibda berilgan ishonchnomaning elektron nusxasi so‘rovnomaga ilova qilinadi.
Ariza yuborilgandan so‘ng 15 kun mobaynida vakolatli organ OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan qaror qabul qiladi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etadi.
Ariza beruvchi xabarnoma va OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qarorni olgan paytdan boshlab 3 ish kuni mobaynida belgilangan miqdorda davlat bojini to‘laydi.
OAVlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori quyidagicha belgilangan:
• davriy bosma nashrlar (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari;
• tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, axborot agentliklari — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
• mahsulotlari Internet tarmog‘i orqali tarqatiladigan OAV (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;
• asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi OAV (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;
• reklama xususiyatiga ega bo‘lgan OAV (reklamaga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari;
• OAVlarning boshqa turlari (elektron tarzda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari.
Ommaviy axborot vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda nazarda tutilgan davlat boji summasining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.


To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi
direktori Matchanov Aybek Yakubovich