Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ekstremizm nima?


Ekstremizm (haddan oshish, aql bovar qilmas ishlarni qilish ma’nosini anglatadi) – ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllarini ifodasi hisoblanadi.
Ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. Mutaassiblik muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “o‘zgalar” va “o‘zgacha” qarash va g‘oyalarga murosasiz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo‘ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g‘oyalarning tarqalishiga sabab bo‘lishimumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati o‘z nomini muqaddas islom dini bilan bog‘lashga urinadi. Ular o‘zlarini “najot topgan guruh”, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar. “Islom” so‘zining lug‘aviy ma’nolaridan biri “tinchlik” bo‘lib, u hech qachon buzg‘unchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar esa buzg‘unchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni o‘zlarining shioriga aylantirib olganlar.
Ekstremizmning yana bir kelib chiqishi , turli nizo va fitna o‘choqlariga jalb qilish, qo‘lga qurol olib tinch aholi vakillari va boshqa din vakillarini qirish orqali mintaqada urush olovini yoqish, jihod tushunchasini noto‘g‘ri talqin qilish orqali yoshlarni qotilliklar qilishga chorlash bilan shug‘ullanadilar. Bu guruhga barcha terrorchi tashkilotlarni kiritishimiz mumkin.
Xulosa qilib, bugungi globallashuv davrida sof Islomni asrab, turli aqidaparastlik g‘oyalariga yoshlarni aldanib qolmasliklariga barchamiz mas’ul bo‘lishimiz eng asosiy burchimizga aylanmog‘i lozim!

Beruniy tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i M.Kamalova