Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Ustama haqilari undirib berildi


Xo‘jayli tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi fuqaro T.J. Maktabgacha taʼlim bo‘limiga qarashli maktabgacha taʼlim tashkilotida chet tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotganligi, ish beruvchi tomonidan ustama haqilari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib so‘ragan murojaati o‘rganillib chiqildi.
O‘rganish natijasida, maktabgacha taʼlim bo‘limi tomonidan,
maktabgacha taʼlim tashkilotida chet tili o‘qituvchisi T.J. «C1» darajadagi sertifikatga ega ekanligi, lekin, ish beruvchi tomonidan chet tili oqıtuvchisi T.J.ga O‘zbekiston Respublikası Prezidentining 2021-yil 19-may kungi “O‘zbekiston Respublikasıda xorijiy tillarini ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqishga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5117-sonli qaroriga muvofiq qo‘shımcha ustama haqi to‘lab berilmaganligi anıqlandı.
O‘zbekiston Respublikası Mehnat kodeksining 154–moddasiga asos ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shart ekanligi ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilarga asos, maktabgacha taʼlim bo‘limiga taqdimnoma kiritilip, murojatchining foydasiga 7 030 296 (etti million o‘ttiz ming ikki yuz to‘qson olti) sum ustama haqilari undrilip, murojaat qanoatlantirildi.


Xo‘jayli tumani adliya bo‘limining inson huquqlarini
himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotin o‘rganish bo‘linmasi
etakchi maslahatchisi A.Nurjanov