Янгиликлар
16
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ayollarga berilgan qo’shimcha kafolatlar
Ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ayollarning o’rni va maqomini oshirish O’zbekistonda davlat siyosatidagi o’ta muhim ustuvorlik hisoblanadi. Shu maqsadlarda ayollarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash, oila institutini, onalik va bolalik muhofazasini yanada kuchaytirish bo’yicha samarali chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.Bugungi kunda mamlakatimizning davlat va jamiyat boshqaruvining barcha bo’g’inlarida, sud-huquq tizimi, nodavlat tashkilotlar faoliyati, ijtimoiy tizimlarda, umuman olganda, jamiyatimiz hayotining hamma sohalarida ayollarning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasi hamda ijtimoiy faolligi oshib borayotganini kuzatish mumkin. Qonunchiligimizda ayollarga bir qator imtiyozlar berilgan boʻlib ularning aksariyati mehnat qilish boʻyicha huquqlarni taʼminlashga qaratilgan. Xususan:
- Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini ularga yozma ravishda maʼlum qilishi shart;
- Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini qoʻllanish taqiqlanadi, yer ostidagi baʼzi ishlar (jismoniy boʻlmagan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat koʻrsatish ishlari) bundan mustasnodir.Ayollarning ular uchun mumkin boʻlgan normadan ortiq yukni koʻtarishlari va tashishlari man etiladi;
- Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat koʻrsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkaziladi. Homilador ayolga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari taʼsiridan holi boʻlgan ish berish masalasi hal etilgunga qadar, u ana shu sababdan ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim;
- Ikki yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin boʻlmagan taqdirda, bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar avvalgi ishidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkaziladi;
- Homilador ayollarni va oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu bilan birga homilador ayollarni va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Bunan tashqai uch yoshga toʻlmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. Homilador ayolning, oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob aʼzosini parvarish qilish bilan band boʻlgan shaxsning iltimosiga koʻra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilashga majburdir. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta va undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolgʻiz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik taʼtillar, ularning xohishiga koʻra yoz vaqtida yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda beriladi. Ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda – yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tugʻish taʼtillari berilib, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlanadi. Homiladorlik va tugʻish taʼtili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tugʻishga qadar amalda bunday taʼtilning necha kunidan foydalanilganidan qatʼi nazar ayolga toʻliq beriladi. Ayolga, uning xohishiga koʻra, bolasi uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil ham beriladi. Bolani parvarishlash taʼtillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan uch yil, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshiladi. Qonunchikikda ayollar uchun yana ko’plab qo’shimcha kafolalar berilgan.
Shumanoy tumani adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti N.P.Kazakbaeva