Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Yuridik xizmatning ish faoliyati samaradorligi


Ma'lumki, 2021-yil 29-iyun kungi PQ-5168-son Prezident qaroriga muvofiq, Respublikamizning barcha hududlarida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etildi.
Ushbu qaror bilan 2021-yil 1-oktabrdan yuridik xizmatlar bilan ta'minlanmagan tuman va shahar darajasidagi davlat idoralari quyi bo'g'inlarida qonuniylikni ta'minlashni yangi bosqichga olib chiqish maqsad qilingan.
Qaror bilan Markazlar tomonidan xizmat ko'rsatiladigan davlat organlarining yuridik tusdagi barcha hujjatlarini ishlab chiqish, o'zaro kelishish, huquqiy ekspertizadan o'tkazish va qabul qilish jarayonlari elektron shaklga o'tkazilib, barcha hujjatlarga avtomatik tarzda raqam berish tizimi joriy etildi.
Mazkur qaror bilan Markazdagi malakali va yosh huquqshunoslar o'rtasida o'zaro tajriba almashish tizimi yo'lga qo'yildi.
Qarorga asosan tashkilotlarda ortiqcha qog'ozbozlikka barham berildi hamda tashkilotlarning ish yurituvi to'liq raqamlashtirildi.
Ushbu qaror bilan, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab To'rtko'l tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi o'z ish faoliyatini boshladi.
Ayni kunda, tumandagi 120 dan ziyod davlat organlari va tashkilotlari “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulangan bo'lib, markaz tomonidan ushbu tashkilotlarga malakali va sifatli yuridik xizmat ko'rsatilib kelinmoqda.
Joriy yilning 15-mart kuniga qadar, To'rto'l tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan bir qator ijobiy natijalarga erishildi.
Jumladan, 5257 ta davlat organlari va tashkilotlarining yuridik tusdagi hujjatlari ekspertizadan o'tkazildi.
Shulardan, 5128 ta hujjatlarga ijobiy va 69 ta hujjatlarga esa salbiy xulosa berilib,qonunbuzilish holatlari oldi olinishiga erishildi.
Bundan tashqari, 234 marotaba yuridik xizmat ko'rsatilayotgan tashkilot xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Shu bilan bir qatorda, huquqni qo'llash amaliyoti bo'yicha Markaz tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlarida 6 ta maqsadli monitoring o'tkazildi.
Shuningdek,yuridik xizmat ko'rsatilayotgan tashkilotlar manfaatlarini ko'zlab 6 ta talabnoma kiritildi va 7 458 698 so'm tashkilot foydasiga debitorlik qazdorlik undirilishi ta'minlandi.
Xulosa qilib aytganda, To`rtko`l tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlariga malakali va sifatli yuridik yordam ko'rsatilishi davom qilmoqda va tashkilotlarning manfaatlari ishonchli himoya qilinmoqda.

To'rtko'l tuman adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish
markazi boshlig'i B.Avazmetov