Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Tadbirkorlik subektlariga yaratilgan imkoniyatlar


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8-noyabrdagi «Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ–415-sonli qarori qabul qilindi
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:
- quyidagi tashkilotlarga nisbatan ichki audit xizmatlarini tashkil etish:
- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, bundan aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan ko'p bo'lgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat, shuningdek, kredit tashkiloti mustasno;
- aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan kam bo'lgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan aktsiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatning ta'sis shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yig'ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatda zaxira jamg'armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining (ustav kapitalining) kamida 15 foizi etib belgilash.
2023 yil 1-martdan boshlab unitar korxona yoki qo'shimcha mas’uliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yo'l qo'yilmaydi.
2023 yil 1 oktyabrdan boshlab:
- qimmatli qog'ozlar fond birjasining listingiga kiritilgan xo'jalik jamiyatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor etiladigan axborot va hisobotlar bilan bir qatorda pul mablag'larining harakati hamda aktsiyalar chiqarishning bir qismi bekor qilinganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni oshkor etadi;
- qimmatli qog'ozlar fond birjasining listingiga kiritilmagan xo'jalik jamiyatlari ro'yxati qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan muhim faktlarni majburiy tartibda oshkor etmaydi, bundan tijorat banklari, sug'urta tashkilotlari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo'lgan aktsiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, ularning tarkibidagi aktsiyadorlik jamiyatlari mustasno.
Xo'jalik jamiyatlarining ishtirokchisi (aktsiyadori) va kreditorlari huquqlarini himoya qilish maqsadida shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq 2023 yil 1 apreldan boshlab:
- mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo'shiladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o'n ming baravaridan ko'p bo'lgan pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo'lishi mumkin emas;
- yuridik shaxslar qo'shib yuborish, qo'shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o'zgartirish orqali qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari, topshirish hujjatida ko'rsatilgan yoki ko'rsatilmaganligidan qat’i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o'tgan hisoblanadi;
- xo'jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining aktsiya, korporativ obligatsiya va boshqa qimmatli qog'ozlarni chiqarish bo'yicha qarorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor qilinadi.
2023 yil 1 martdan boshlab qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi ommaviy axborot vositalari va (yoki) o'zining rasmiy veb-sayti orqali quyidagi faktlar to'g'risidagi axborotni ular yuz bergan sanadan ikki ish kuni ichida e’lon qiladi:
- qimmatli qog'ozlar chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish, uni to'xtatib turish, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish;
- qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish, uning amal qilishini to'xtatib turish yoki tugatish, litsenziyani bekor qilish;
- qimmatli qog'ozlar bozorida qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlarni ko'rsatish va (yoki) ishlarni bajarish huquqini beruvchi malaka sertifikatini berish.
2023 yil 1 iyuldan boshlab xo'jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi (ustav kapitali) shakllantirilganligi hamda to'lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo'zg'atilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilinadi.
Bunda, mazkur ma'lumotlar mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga kiritib boriladi;
- fond birjasida qimmatli qog'ozlar bilan savdolarni amalga oshirish qoidalariga kiritiladigan birja a'zolariga va listing kompaniyalariga ta'sir qiluvchi muhim o'zgartirish va qo'shimchalar ular tasdiqlanishidan kamida o'n besh kun oldin fond birjasi saytida muhokamaga qo'yiladi;
2023 yil 1 yanvardan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo'lgan xo'jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlisi va ishtirokchilari (aktsiyadorlari) umumiy yig'ilishi bayonlari ular rasmiylashtirilgandan so'ng o'n kun muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining «Davlat mulki» axborot tizimida joylashtiriladi.

Shumanay tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi direktori Dawletmuratov Bahadir Erpolatovich