Янгиликлар
06
Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik yangiliklari
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 23-fevral sanasida “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-70-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq 2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvarga qadar uch oydan ortiq muddatga o‘ttiz nafardan ziyod kasanachilarni belgilangan tartibda jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (ko‘rsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari jami daromadining 60 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari uchun:
-foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilgan holda, biroq tadbirkorlik subyekti tomonidan kasanachilarga to‘langan ish haqi miqdorining 1,5 baravaridan oshmagan miqdorda hisoblanadi;
-Toshkent shahrida 220 kv.m, Nukus Shahar va viloyat markazlarida 240 kv.m, tuman markazlarida 260 kv.m hamda boshqa hududlarda 280 kv.m davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlari 50 foiz miqdorida belgilanadi (Mazkur imtiyoz Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hamda boshqa hududlar bo‘yicha tegishlicha hududiy zona koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan obyektlarga nisbatan qo‘llanilmaydi);
-davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda budjet buyurtmachilari tomonidan 50 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Qaror asosida, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-martdan boshlab:
-kasanachilikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Jumladan, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bir hafta muddatda Jamg‘arma faoliyatini moliyalashtirish uchun Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasidan 100 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratishi belgilangan.
Qaror bilan 2023-yil 1-martdan kasanachilik faoliyati bilan shug`ullanayotgan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagi tartibda subsidiyalar ajratilishi belgilanmoqda.
a) tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ular kasanachilikni tashkil etgan mahallalar joylashgan hududidan qat’i nazar ajratiladi;
b) tadbirkorlik subyektlariga quyidagi subsidiyalar ajratiladi:
-2025-yil 1-yanvarga qadar kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda bir martalik;
-kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda;
-kasanachilarni kasb-hunarga o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarini uch oygacha bo‘lgan muddatda qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha miqdorda.
Bundan tashqari, 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 500 milliard so‘mi kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi qaror bilan tasdiqlangan.
Shu bilan bir qatorda qaror bilan quyidagilar belgilanmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari tavsiyasi asosida tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun:
-oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida har bir jalb qilingan kasanachi uchun 2 million so‘mgacha, biroq jami 300 million so‘mgacha yillik 14 foiz stavkada, 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga revolver kreditlar ajratiladi;
-jamg‘arma hisobidan har bir jalb qilingan kasanachi uchun 1 million so‘mgacha, biroq jami 150 million so‘mgacha 2 yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.
Mazkur kredit va ssudalarni tadbirkorlik subyektlari talabiga binoan kasanachilarning bank kartalariga o‘tkazib berilishiga ruxsat beriladi.
To`rtko`l tuman adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Ismoilov