Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“Korrupsiyaga qarshi kurash jamiyat va davlat rivojining muhim omili sifatida: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6198-son Farmoni hamda “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5047-son qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida 2023-yil 3- mart kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash jamiyat va davlat rivojining muhim omili sifatida: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi. Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi katta maslahatchisi Sh.Saliyeva ushbu anjumanda "Davlat xizmatlarini takomillashyirishning ma'muriy-huquqiy tartibga solinishi" mavzusida bayonot qildi. U amaldagi qonunchilikda davlat xizmatlarini ko'rsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ma'muriy-huquqiy jihatdan zamon talablari, ilgor xorij tajribasi asosida yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarini bildirdi hamda tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
Anjuman juda boy baxs-munozaralarga boy bo'lib, uning yakunida har bir sho'ba bo'yicha ishtirok etgan bayonotchilarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi