Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ishsizlik nafaqasi kimlarga va qanday tartibda beriladi.


O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 20 oktyabrdagi "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi 642-son qonunining 51-moddasida;
Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Ishsizlik nafaqasini to‘lash ishsiz shaxsning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ishsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran hisoblanadi va to‘lanadi.
"Axoli bandligi to‘g‘risida"gi qonunining 10-moddasida;
Hududiy va mahalliy mehnat organlari ish qidirayotgan shaxslarni ro‘yxatga oladi, ularni ishsiz shaxslar deb e’tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ularga yordam ko‘rsatadi, ishsiz shaxslarga ishsizlik nafaqalarini tayinlaydi hamda to‘laydi.
Ushbu qonunning 52-moddasida;
Ishsizlik nafaqasi ishsiz shaxsning avvalgi ish joyidagi oxirgi bir yildagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foizda belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foizda belgilanadi.
Ishsizlik nafaqalari so‘nggi o‘n ikki oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida yetmish besh foizi miqdorida.
Agarda! Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda;
Ushbu qonunning 49-moddasiga asosan;
Basharti xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi:
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi;
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmlari qisqarganligi yoxud tashkilot tugatilganligi;
xodim bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra noloyiqligi;
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi munosabati bilan bekor qilinsa, xodimlarning ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqi ishdan bo‘shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga saqlanib qoladi.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Mexnat kodeksining 67-moddasi 3-qismida, Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab o‘n kun ichida o‘zlariga taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslarlarga nafaqa to‘lanmaydi.
Bunday shaxslar taklif qilingan ishni rad etgan paytdan boshlab o‘ttiz kalendar kun o‘tgandan keyingina ishsiz sifatida takroran ro‘yxatga olinish huquqiga egadir.



Ellikqal’a tuman bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi Sh.Ismailov