Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA”GI 71-SONLI QARORI TO’G’RISIDA


2022-yilning 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan yer uchastkalarini xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish, shuningdek, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish “Yerxususiylashtirish” AAT orqali amalga oshiriladi.
Davaktiv agentligi “Yerxususiylashtirish” AATning texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatori hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqlari asosida, yakka tartibda uy-joy qurish uchun mulk huquqi asosida realizatsiya qilish “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi. Bunda:
- bo‘sh turgan yer uchastkasiga doir ma’lumotlarni shakllantirish va kelishish “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
- bo‘sh turgan yer uchastkasining zaxiraga olinganligi hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi kadastr organlari tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi ushbu yer uchastkasini “Yerelektron” AATga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.
Qaror bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’muriy reglament”, “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, “Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlar tasdiqlandi.


To’rtko’l tumani adliya bo’limi
yetakchi maslahatchisi N.Saparboyev