Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Xo’jayli tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlar markazi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlari haqida


Xo’jayli tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlar markazi tomonidan 2022-yil davomida Tadbirkorlik sub'ekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazishda:
229 ta yuridik shaxslar, 780 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar, jami 1009 tadbirkorlik sub'ekti davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
(Shundan: fo.birdarcha.uz tizimi orqali 5 yuridik shaxslar, 10 yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'ektlari davlat ro'yxatidan o'tgan)
Yil davomida jami 322 ta tadbirkorlik sub'ektlari, shundan: 131 ta yuridik shaxslar, 191 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar qayta ro'yxatdan o'tkazildi.
(Shundan: fo.birdarcha.uz tizimi orqali 3 ta yuridik shaxslar, 3 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'ektlari qayta davlat ro'yxatidan o'tkazildi)
Davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha:
2022-yilda markaz xodimlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga jami 46 974 ta (shundan: my.gov.uz sayti orqali 2 857 ta) davlat xizmatlari ko’rsatilgan.
Tuman markazidan olista joylashgan hududlarga borgan holda sayyor tartibda 2022-yilda 3453 ta davlat xizmatlari ko'rsatilib shundan 238 ta yangidan tadbirkorlik sub'ektlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Tuman markazidan olis hududlarda yashovchi fuqarolarning vaqtlarini tejash va ularning uzoǵini yaqin qilish, shuning bilan birga imkoniyati cheklangan fuqarolarga qulayliklar yaratish, fuqarolarımızga sohamizga tegishli bo'lgan normativ-huquqıy hujjatlarning mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida ularning yashab turgan joylariga borgan holda 2022-yil davomida maxallalarda, ta’lim muassasalarida va mehnat jamoalarida seminar uchrashuvlar ham da uyma-uy borib 791 ta tushintirish ishlari olib borildi. Uchrashuvlar davomida 2000 ta flaer va bukletlar tarqatildi.
Ko’rsatilayotgan davlat xizmatlaridagi sababsiz bekor qilingan javoblar, muddati buzilgan va asossiz bosh tortish holatlari bo'yicha 2022-yil davomida jami 346 ta maxsus xabarlar berildi.
Shu jumladan, 2022-yilda huquqiy targ’ibotni amalga oshirish bo'yicha Rejaga asos, markaz xodimlari tomonidan o'z vaqtida davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasiga aloqador tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar va fuqarolarga yaratilib berilayotgan qulayliklar, yangiliklar haqqida tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari, (televideniye, radio, gazeta va shu jumladan ijtimoyiy tarmoqlarda yoritilib borildi.
Xususan markaz xodimlari tomonidan jami 68 ta ommaviy axborot vositalari orqali 10 ta televideniye, 39 ta veb sayt, 5 ta gazeta, 14 ta radiodan targ’ibot ishlari amalga oshirildi.


Xo’jayli tumani аdliya bo’limi
Davlat xizmatlar markazi bo’lim boshlig’i
A.Auyezimbetov