Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

O‘zbekistonda vorislik.


Jamiyat negizini oila tashkil qiladi. Jamiyatda insonlar sog‘lom munosobatlarda bo‘lishi lozim. Meros - mol-mulk bilan bog‘liq nizolar asosan oilada, qon-qarindoshlar,ota-ona, farzandlar, aka-uka, opa-singillar, bir oila a’zolari o‘rtasida yuzaga keladi.
Merosni vorislar o‘zaro kelishib, maqbul yechimga kelib nizosiz hal qilishi kerak. Agar nizo bo‘lsa sud orqali hal qilinadi, nizolashish, sud tomonidan qonuniy yechim topilgan taqdirda ham merosxo‘rlar o‘rtasida qarindoshlik rishtalariga, mehr-oqibatga putur yetkazadi, qolaversa moddiy jixatdan xam ortiqcha ovorogarchilikka olib keladi.
Halqimiz qonun bo‘yicha ham vasiyatnoma bo‘yicha ham vorislik xaqida, vasiyatnoma, uni rasmiylashtirish tartibi va ahamiyati, notariusga qanday xujjatlarni taqdim qilish kerakligi, merosni qabul qilish bilan bog‘liq tartib hamda huquq va majburiyatlar to‘g‘risida yetarlicha bilimga ega bo‘lishi meros bilan bog‘liq nizo kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi.
Vorislik – bu shaxsning vafotidan keyin unga xususiy mulk asosda tegishli bo‘lgan mol-mulkning, shuningdek meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ba’zi huquq va majburiyatlarning merosxo‘rlarga o‘tishidir hisoblanadi.
Vorislik ikki xil usulda vasiyat bo‘yicha vorislik va qonun bo‘yicha vorislik asosida bo‘lishi mumkin.Qonun bo‘yicha vorislik vasiyat mavjud bo‘lmasa yoxud butun merosning taqdirini belgilamasa amalgaoshiriladi.
Meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar kiradi, masalan ashyolar, shu jumladan, pul va qimmati qog‘ozlar, mulkiy huquqlar, intellektual mulk ob’ektlariga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqlar, mulkiy majburiyatlar, shu jumladan qarzlar (merosxo‘rlarga qoldirilayotgan meros qiymati doirasida).
Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlar, yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari vaboshqa tashkilotlarga a’zolik, ularda ishtirok etish huquqlari, hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi, aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar, mehnat va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonunhujjatlariasosida pensiya, nafaqava boshqa to‘lovlar olish huquqi, mulkiy huquqlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi.
Meros fuqaroning o‘limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida ochiladi.
Meros qoldiruvchining o‘lgan kuni u vafot etgan deb e’lon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilganvaqt deb hisoblanadi.
Meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan fuqarolar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan bolalari vasiyat va qonun bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin.

Meros ochilgan paytda tuzilib bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham vasiyat bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin.
Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi. Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqaro o‘zining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga kiradigan, shuningdek, kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin.
Vasiyat qiluvchi qonun bo‘yicha merosxo‘rlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishga haqli.
Meros qoldiruvchi har qanday mol-mulk to‘g‘risidagi farmoyishni o‘z ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli.
Meros qoldiruvchi vasiyat qilayotgan paytida o‘ziga tegishli bo‘lmagan mol-mulk to‘g‘risidagi farmoyishni o‘z ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga ham haqli. Agar meros ochilgan paytga kelib, bunday mol-mulk unga tegishli bo‘lib qolsa, tegishli farmoyish haqiqiy hisoblanadi.
Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va o‘zgartirish borasida erkin bo‘lib, bunda bekor qilish yoki o‘zgartirish sabablarini ko‘rsatishga majbur emas.



Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius
AMETOVA ARUXAN NURLANMURATOVNA