Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2021-YIL 21-DEKAVRDAGI QARORI MAZMUNI VA AHAMIYATI HAQIDA


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 21-dekavrdagi 765 sonli qorari maqsadi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishdan shuningdek, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirishdan iborat.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi (S.U. Umurzakov) tomonidan tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar kredit asosida

a)quyidagi shartlarda ajratiladi:
kredit oluvchi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq yosh tadbirkorlik subyekti bo‘lishi lozim;
kredit miqdori — har bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan 2 000 baravarigacha;
kredit muddati — 7 yil, shu jumladan imtiyozli davr — 3 yil;
foiz stavkasi — Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng miqdorda;
kredit ta’minoti — qonunchilikda va bank kredit siyosatida taqiqlanmagan ta’minot turlari, jumladan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kredit summasining 50 foizigacha miqdoridagi kafilligi;
v) kreditlar quyidagi maqsadlarga ajratilmaydi:
avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarishga;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, shuningdek, chilim va elektron sigaretalarni ishlab chiqarishga;
savdo-vositachilikni amalga oshirishga;
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirishga;
ta’mirlash-qurilish ishlariga, shu jumladan savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlarini tashkil etishga;
ishlab chiqarish maqsadlaridan tashqari xarajatlar, shu jumladan ma’muriy xarajatlarni to‘lash va xizmat avtotransport vositasini sotib olishga;
tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalarni tashkil etishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilishga.
2. Yoshlar ishlari agentligi Savdo-sanoat palatasi va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ bilan birgalikda ikki hafta muddatda yoshlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv amaliy kurslarini (keyingi o‘rinlarda — kurslar), shu jumladan “onlayn” tarzda tashkil etiladi,
kurslar Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari hamkorligida yoshlar uchun bepul tashkil etiladi;
kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan sertifikat taqdim etiladi va ular tomonidan o‘z biznesini tashkil etish uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratiladi;
kurslar Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari va ularga tegishli bo‘lgan bino va xonalarida bepul o‘tkaziladi (shu jumladan, kommunal xizmatlar to‘lovisiz).


Bozatov tuman adliya bo'limi YuXKM
bosh yuriskonsulti T.Tangatarov.