Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Yana bir oilaning nikohi rasmiylashtirildi.


Oila – jamiyat asosi, ulkan ijtimoiy kuch hisoblanadi.Unda ajdodlarimiz merosi, bugunimizning oydin sahifalari, ertangi kunimiz umidi bor. Biz shu oilada kelajagimiz egalari, millatimiz vorislarini tarbiya qilamiz. Oilaning asosiy vazifasi jamiyatga fidoyi komil insonlarni yetishtirib berishdan iborat. Zero sog`lom bola bu sog`lom oilaning mevasidir. Sog`lom inson deganda, faqat jismoniy sihat-salomatlikni emas, balki o`zbek xalqiga xos sharqona odob-axloq, milliy g`oya va bag`rikenglik, insonparvarlik kabi ezgu his tuyg`ular ruhida kamol topgan ma`nan yetuk insonni tushunishimiz mumkin. Zero, ma`naviy sog`lom insonlar avvalo yurt tinchligi, xalq farovonligi va xalqning ertangi kuni uchun qayg`ura oladilar.
Amudaryo tumani FHDY bo`limi tomonidan tuman hududida yashovchi fuqarolar o`rtasida nikohni rasmiylashtirishning ahamiyati haqida olib borilayotgan tadbirlar natijasida 2023-yil 13-fevral kuni tuman FHDY bo`limi tomonidan Amudaryo tumani Mang`it shahri Amudaryo ko`chasida yashovchi fuqarolar Ibragimov To`libay va Yuldasheva Muyassar Gulmirzayevnalarning nikohlari turmush qurganlaridan 15 yildan keyin ro`yxatga olinib, ularga nikoh haqida guvohnomasi topshirildi.

Amudaryo tumani FHDY bo`limi inspektori R.Polvanova