Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

2023-yil 1-yanvardan “E-qaror” electron tizimidagi o'zgarishlar


Ma'lumki, 2021-yil 22-iyun kuni “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga“E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 390-son  Hukumat qarori qabul qilindi.
    Ushbu Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-iyuldan:
- barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari “E-qaror” electron tizimi orqali amalga oshirish,- ushbu electron tizimni chetlab o'tgan holda qaror va farmoyishlarni qabul qilishga yo'l qo'ymaslik va qarorlarning tartibga solish ta'sirini baholash electron tizim orqali amalga oshirish belgilandi.
Shuningdek, mazkur Qaror bilan mazkur sohani tartibga solishga qaratilgan nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga ko'ra, loyiha “E-qaror” electron tizimi orqali manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish uchun yuborilishi manfaatdor tashkilotlar loyihani 3 kun muddatda ish yurituviga qabul qiladi hamda ko'rib chiqilishi belgilangan.
Loyihalar yuzasidan belgilangan muddatlarda “E-qaror” electron tizimi orqali munosabat bildirilmagan taqdirda, loyiha kelishilgan hisoblanadi.
Nizomga koʻra, Adliya vazirligi:
Ushbu Nizomga muvofiq, Adliya vazirligi hujjatlar loyihalarini faqat “E-qaror” electron tizimi orqali qabul qilinish jarayonlarining doimiy monitoringini olib boorish va monitoring natijalariga koʻra electron tizim orqali kelishish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan manfaatdor tashkilotlarning belgilangan muddatda munosabat bildirmagan rahbar va mas'ul xodimlariga nisbatan ta'sir choralarini qo'llashi belgilandi.
Bundan tashqari, 2022-yil 21-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-447-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 8-bandiga asosan, 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab Prezident qaroriga asosan sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” orqali qabul qilinishi belgilangan.
Shunga ko'ra, 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab Adliya vazirligi tizimida idoraviy hujjatlarni “E-qaror” electron tizimi orqali qabul qilish va e'lon qilish boshlandi.
Shuningdek, qarorga muvofiq Adliya vazirligi tizimidagi sinov natijalariga ko'ra 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” electron tizimi orqali qabul qilish va e'lon qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishi belgilandi.
Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, ushbu qaror tom ma'noda Vazirlik va idoralarning ma'muriy hujjatlarini jamoatchilik uchun ochiq tarzda qabul qilinishi ular faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o'rnatishga xizmat qilishi, shubhasiz.

To'rtko'l tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish Markazi bosh yuriskonsulti N.Radjapova,