Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar


O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 11.09.2017 yildagi O‘RQ-445-son Qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunning 5-moddasiga muvofiq murojaatlarning shakllari va turlari.
-murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin.
-arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi.
-murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi deb belgilangan.
Mazkur qonunnning 28-moddasiga muvofiq murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari:
ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli davlat organining, tashkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi deb ko’rsatilgan.
taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo‘lib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
Unga ko’ra, Yuridik xizmat ko’rsatish markaziga Jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4 ta murojaat kelib tushgan. 2021-yil 14-iyun kuni Yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 09.08.2021-yildagi PQ-5216-son qarori 15-bandi 6-xatboshi talablari ijrosi yuzasidan o’tkazilgan sayyor qabul jarayonida jismoniy shaxslar tomonidan
2 ta og’zaki murojaatlar qabul qilindi.
Shundan 1 tasi 2021-yil 15-avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash masalasi yuzasidan murojaat qildi, 1 tasi 2021-yil 1-sentabr kunidan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni vasiylikka va homiylikka olgan oilalarga moddiy yordam puli ajratish masalasi yuzasida murojaat qildilar, ushbu murojaatlari tegishli tartibda o’rganib chiqilib va o’z muddatida ko’rib, murojaatchilarga tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 2 tasi elektron shakilda “E-huquqshunos” tizimi orqali tashkilotlardan murojaat kelib tushgan. Shundan 2 tasi Amudaryo tumani Xalq ta’limi bo’limi tomonidan № 46-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi rus tili fani o’qituvchisi maktab direktorining xatti harakatlaridan norozi bo’lib qilgan murojaati yuzasidan markazdan xulosa olish uchun tizim orqali kelib tushgan murojaatiga tushuntirishlar berilgan.

Amudaryo tumani adliya bo’limi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti 3-darajali yurist J.O.Avezov