Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ellikqal’a tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to’grisida.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi 5278-sonli «Axoliga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, 2022 yil 20 apreldagi 113-sonli «Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishini ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari halqimizga xizmat qilishi kerak», «O’zimiz keldik», «Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaro e’tibor markazida» degan ulug‘vor g‘oyalarni so‘zsiz amalga oshirish, tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini ham yuridik hamda jismoniy shaxslarga xizmatlar taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zgartirildi.
2022 yil davomida tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan 127 turdagi davlat xizmatlaridan foydalanilib, jami xizmatlar 47842 tani tashkil qiladi, shaxsan davlat ximatlari markaziga tashrif buyurish orqali 38156 ta murojaatlar kelib tushdi va bu jami murajaatlarning 79,75% tashkil qiladi, bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda, ya’niy Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelmasdan masofadan turib 9686 ta xizmatlardan foydalanilgan bu 20,24% tashkil qiladi.
Shuningdek tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 385 ta, qayta ro‘yxatga olish uchun 259 ta, tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazish 795 ta va qayta ro’yxatdan o‘tkazish uchun 48 ta murojaatlar o‘z muddatlarida ijrosi ta’minlandi.
Ushbu murojaatlarning 47842 tasi davlat xizmatlarini tashkil qiladi. Jumladan:
- elektron raqamli imzolar berish 11411 ta;
- bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 5984 ta;
- ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 8330 ta;
- soxalar bo‘yicha maxsus litsenziya va ruxsatnomalar 439 ta;
- sog’liqni saqlash soxasida xizmatlar 2818 ta;
- elektr, tabiiy gaz va ichimlik suv tarmoqlari bilan bog‘liq xizmatlar 2672 ta;
- oliy ta’lim muassasalariga abiturientlardan xujjatlar qabul qilish 996 ta;
- pensiya (nafaqa) haqida ma'lumot berish 5188 ta;
- boshqa xizmatlar 10004 tani tashkil etadi.
Tuman markazidan 31 km uzoqlikda aholi zich bo’lgan Sarabiy OFY madaniyat markazi binosida markaz filiyali tashkil qilinib, ushbu filiyal tomonidan 2022 yil davomida 7300 ta aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko’rsatildi. Tumanimizning chekka xududlarida yashovchi (nogironligi bo‘lgan) aholiga sayyor tartibda ko‘rsatilgan tezkor xizmatlar soni 3461 ta, shu jumladan sayyor tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 181 tani tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 aprel kungi “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 113-sonli qaroriga asosan aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini olish maqsadida olis hududlarda sayyor xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.


Ellikqal’a tuman adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi direktori N.Xadjiyev.