Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Taxiatosh tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobot


O‘zbekiston Respubikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyul kungi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5168-sonli Qaroriga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko’rsatish markazlari tashkil etildi.
Markazlar tomonidan davlat organi va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi yo‘lga qoyildi.
2021-yilda markaz tomonidan 12 ta davlat organi va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatib kelindi va markaz faoliyati o‘z samarasini berdi.
O‘zbekiston Respubikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kungi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qaroriga asosan, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Davlat soliq inspeksiyasi, Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, Turizm va madaniy meros bo‘limi, Sportni rivojlantirish bo‘limi, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga Markazlar tomonidan xizmat ko‘rsatish belgilab berildi.
Shu o‘rinda Taxiatosh tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan biriktirilgan davlat organi va tashkilotlariga "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali yuridik xizmat ko'rsatib, tegishli tartibda markazga kelib tushgan buyruq, shartnoma va yuridik tusdagi hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan o'tkazib, huquqiy xulosalar berilmoqda.
Markaz tomonidan "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali 2022-yil yakunida 12 822 ta hujjat loyihalari kelib tushgan bo'lib, shulardan 10528 tasiga ijobiy xulosa berilgan bo'lib, 420 hujjatlar qonun hujjatlari talablariga zid bo'lganligi sababli qaytarilgan.
Markaz tomonidan targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilib kelmoqda, manzilli targ‘ibot, davra suhbatlari, ommaviy axborot vositalari chiqishlar shuningdek yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini ijrosi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazilib kelinmoqda.
Davlat organi va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda puxta va sifatli bo'lishi ta'minlanmoqda.

Taxiatosh tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i O.A.Babanov