Янгиликлар
25
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etishlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan oʻzlariga berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamgʻarmasining kamida o‘n besh foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat koʻrsatadilar. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qatnashchilaridan biri chet ellik investor boʻlishi shart.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni taʼsis etish yoʻli bilan yoki ilgari chet el investitsiyalari ishtirokisiz taʼsis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yoxud bunday korxonani butunlay, shu jumladan xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan barcha tadbirkorlik subyektlari singari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ham davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar to‘grisidagi ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida tizim orqali avtomat shakllanadi va hisobga qo‘yiladi (soliq organida hisobga turish uchun alohida ariza berish shart emas).
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tugatish tartibi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son Qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom asosida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ixtiyoriy tugatish amalga oshiriladi.
To’rtko’l tuman adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi direktori A.Matchanov