Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

GENDER TENGLIK - erkak va ayol huquqlari tengligi.


2-sentyabr 2019-yili “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi O'RQ-562-son Qonun kuchga kirdi. Qonunda gender tushunchasi ham qayd etilgan bo'lib, unga ko'ra, gender -xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihati ko'rsatilgan. Demak, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining o'z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining ta'minlanishidir.
Hujjat ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, Vazirlar Mahkamasi, Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya va davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek davlat xizmati sohasida, saylov huquqini amalga oshirishda, iqtisodiy va ijtimoiy, ta'lim, ilm-fan, madaniyat va sog'liqni saqlash sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini belgilaydi.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik, demokratizm, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi, ochiqlik va shaffoflik.
Belgilanishicha, quyidagilar jins bo'yicha kamsitish hisoblanmaydi: bola tug'ish va ona suti bilan oziqlantirish vazifalari bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishda farqlarni belgilash; muddatli harbiy xizmatga chaqirish; gender siyosati amalga oshirilishini ta'minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko'rish; xotin-qizlar va erkaklar mehnatini muhofaza qilishda ularning reproduktiv salomatligini saqlash xususiyatlari; majburiyatlar faqat muayyan jinsdagi shaxslar tomonidan bajarilishi mumkinligiga asoslangan holda kasbiy malakaga doir tavsiyalar berish; qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibi va shartlarini hamda huquqiy jihatdan ta'sir ko'rsatishning boshqa choralarini tartibga solishda farqlarni belgilash; xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini mustahkamlashga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan ijobiy choralar.
Norma ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyotiga quyidagi dastaklar joriy etilmoqda: birinchidan, normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yo'nalishlari bo'yicha o'tkaziladi. Hujjatning yoki loyihaning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlash printsiplariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, gender-huquqiy ekspertiza xulosasi ishlab chiquvchi-organga yuboriladi.
ikkinchidan, gender statistikasini shakllantirish - davlat statistika organlari gender ko'rsatkichlari asosida jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiradigan statistik axborotni yig'ishni, unga ishlov berishni, uni to'plashni, saqlashni, tahlil qilishni va e’lon qilishni amalga oshiradi.
uchinchidan, jins bo'yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish faktlari ustidan shikoyat qilish - agar shaxs o'zini unga duchor etilgan deb hisoblasa, vakolatli organlarga yoki sudga davlat boji to'lamagan holda murojaat qilishga haqli. Bunday ishlarni sudlarda ko'rish chog'ida advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmatlarga haq to'lash ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi.
Qonun 32-moddadan iborat bo'lib, 29-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'lishi hamda 30-moddada O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o'rtasida tushuntirilishini ta'minlashi qayd etilgan.




Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuristkonsulti Z.Bayniyazova.