Янгиликлар
24
Maishiy iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha ma’muriy reglament qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi 31.08.2021 yildagi “Yuridik va jismoniy shaхslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 555-son qarorni qabul qildi.
Reglamentga muvofiq:
Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bosqichlari ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan iste’molchilarda toʻrttadan bittagacha va ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan iste’molchilarda toʻrttadan ikkitagacha kamaytiriladi;
Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan iste’molchilarni elektr tarmogʻiga ulash uchun shartnomani "oferta" imzolash orqali toʻlovni amalga oshirish meхanizmini joriy etiladi;
Iste’molchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YAIDXP yoxud “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli ma’lumotlar taqdim etiladi.
Xizmat uchun BHMning 10 foizi (30 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im miqdori 27 000 so‘mni tashkil etadi.
Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat etganda yig‘im undirilmaydi.
Iste’molchi murojaat etgan kundan boshlab 3 ish kunida elektr tarmoqlariga ulanishni rad etgan taqdirda, tegishli to‘lov summasi iste’molchiga 3 ish kunida qaytarib beriladi.
Ulanadigan quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr ta’minoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab etilmaydi.
Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.
To’rtko’l tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
bo’lim boshlig’i D.Tokimbetov.