Янгиликлар
24
Suv hisoblagichingizni qiyoslashdan o‘tkazish vaqti kelmadimi?
Agar muddat yaqin bo‘lsa, buni ortiqcha bosh og‘riq deb qabul qilmang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 698-son qaroriga asosan, istalgan paytda uydan turib my.gov.uz orqali “Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish (https://my.gov.uz/oz/service/309)”ga (yechish va ulash bilan birga) ariza yuboring.
Eslatma!
Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:
jismoniy shaxslar uchun — 8 yil;
yuridik shaxslar uchun — 4 yilni tashkil etadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:
jismoniy shaxslardan – BHMning 20 foizi;
yuridik shaxslardan BHMning 1,5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Murojaat my.gov.uz orqali yuborilganida – 10% chegirma mavjud.
To’rtko’l tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
bo’lim boshlig’i D.Tojiyev.