Янгиликлар
24
Bo'zatov tumani Adliya bo`limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan 2022-yil davomidagi faoliyati yuzasidan HISOBOT
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29 iyun kuni qabul qilingan PQ-5168-son “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan 2021 yil 01 oktyabr kunidan boshlab tegishli tartibda yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etish belgilangan edi.
Markazning asosiy vazifasi tumanda faoliyat yuritib kelayotgan davlan organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatishdan iborat bo'lib, xususan ular tomonidan chiqarilgan yuridik ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o'tkazish, ularga tegishli xulosalar berish, davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko'rsatish, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishdan iborat.
Markazlar faoliyati davomida erishilgan ijobiy natijalar bu sohadagi islohatlar davom ettrilib 2021 yil 18 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq 2022 yil 1 avgust kunidan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida markazlar faoliyati kengaytirilib yana 7 ta davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat ko`rsatish belgilandi hamda “E-huquqshunos” elektron tizimiga integratsiya qilindi.
O'tgan 2022 yilning 12 oyi davomida Markazga jami 41 ta tashkilotdan 5610 ta yuridik tusdagi hujjatlar kelib tushgan bo'lib, shulardan 3790 tasi idoraviy buyruqlar va 1820 tasi shartnomalarni tashkil kiladi.
Ushbu hujjatlarni barcha belgilangan muddatlarda to'liq huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, 5322 tasiga ijobiy xulosalar berilgan bo'lsa, 1 tasiga qonunchilikka zidligi sababli salbiy xulosa berilgan, hamda 287 tasi kamchiliklari mavjudligi sababli huquqiy ekspertizadan o'tkazilmasdan amaldagi qonunchlikka muvofiq qayta ishlab chiqish ucnun rad qilingan.
Buzatov tumani Maktabg’asha ta’limi bo‘limi va “KAMOSHIM SHOP SERVICE” MChJ o‘rtasida 2021-yil 29-may kuni tuzilgan narxi 186 666 so‘mlik hamda Buzatov tumani Maktabgacha ta'lim bo`limi va “WORLD MEBEL” MChJ o'rtasida 2021 yil 8 noyabr kuni tuzilgan narxi 240 000 so'mlik xo`jalik shartnomalari bo`yicha shartnima summasi to`liq to`lab berilganligiga qaramasdan yuqoridagi mas`uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan mahsulotlar etkazib berilmaganligi bo`yicha sudgacha hal qilish yuzasidan umumiy narxi 426 666 so`mlik talabnomalar kiritilib belgilangan muddatlarda talabnomalar qanoatlantirilishiga erishildi.
Markaz xodimlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilayotgan tashkilotlarga salbiy xulosalar berilgan har bir holat yuzasidan qonunchilikni to'g'ri qo'llash hamda hujjat loyihalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida tashkilotlarga huquqiy tushuntirishlar, amaliy va uslubiy yordamlar berib kelinmoqda.
Markazimiz yuriskonsultlari tomonidan o'zlariga biriktirilgan xizmat ko'rsatadigan tashkilot xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish maqsadida bir qatar ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, o'tgan 2022 yilning 12 oyi davomida Markaz tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilib kelayotgan davlat organlari va tashkilotlarida jami 151 ta huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazilgan bo'lib, shulardan 21 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, 38 tasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali va 92 tasi tashkilotlarga borib og'zaki tarzda o'tkazildi.
Rasul Dushanov
Bo'zatov tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i.