Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limida 2022-yil sarhisobi


So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish, joylarda aholini tashvishga soluvchi huquqiy muammolarni hal etish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish, o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish masalalarida adliya organlari va muassasalarining roli va mas’uliyati sezilarli ravishda oshmoqda.
Xususan, o‘tgan 2022-yilda tuman adliya bo‘limi va uning tarkibida faoliyat olib borayotgan yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, tuman Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYo bo‘limilari o‘zlariga yuklatilgan asosiy vazifalari ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilda, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha, o‘z vakolatimiz doirasida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 265 ta murojaatdan 180 ta murojaat qanoatlantirilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishiga erilishildi, 72 ta murojaat egalariga huquqlari tushuntirildi, 12 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga yuborildi.
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha; Adliya vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 15 ta o‘rganish va 21 ta monitoring tadbirlari 90 ga yaqin Davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida 5000 dan ortiq qonunbuzilish xolatlari aniqlandi.
Davlat organlari va tashkilotlariga nisbatan aniqlangan qonunbuzilish holatlari uchun qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha; O‘rganish o‘tkazilgan davlat organlari va tashkilotlarga aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha 144 ta taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma ijrosi yuzasidan, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 52 aybdor ma’sul xodimlar intizomiy javobgarlikka, 47 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 1 ta holatda mansabdor shaxsning xatti xarakatlari bo‘yicha jinoiy taklif kiritilib, tuman ichki ishlar bo‘limida javobgarlik masalasini ko‘rib chiqilishi ta’minlandi.
Sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha 137-ta da’vo arizalari kiritilib 545 milliondan ortiq yetkazilgan zararlari qoplash choralari ko‘rildi.
Huquqiy ekspertiza sohasida, “E-qaror” tizimi orqali tuman xokimi va xalq deputatlari Kengashining 7 ta normativ huquqiy tusdagi qarorlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, boshqa normativ huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarorlari doimiy monitoring qilib borilmoqda.
Huquqiy targ‘ibot sohasida, jami 1100-dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan 340 tasi ommoviy ahborot vositalari orqali yortildi jumladan, 43 tasi televidinie, 26 tasi radio, 36 tasi gazeta va jurnallar va 235 tasi veb sayt va boshqa elektron ahborot vositalari orqali amalga oshirildi.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2022-yilda davomida amalga oshirilgan bo‘yicha;
Hurmatli, Prezidentining 2021-yil 29-iyun kungi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-mart kungi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 173-son qarori 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich bugungi kunda tumanimizdagi byudjetdan moliyalashtiriladigan 120 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.
O‘tgan davr mobaynida markaz tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatayotgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan 20 347 ta yuridik tusga ega hujjatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Shulardan, 15000 dan ortig‘i ichki idoraviy buyruqlar bo‘lsa, 4537 tami xo‘jalik va mehnat shartnomalarini tashkil qiladi.
O‘tkazilgan huquqiy ekspertiza natijasida 495 ta hujjatlarga qonunchilikka nomuvofiq ishlab chiqarilganligi sababli salbiy xulosalar berilib qonunbuzilish holatlarining oldi olindi.
Joriy yil 1-apreldan boshlab Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan yana bir qator davlat organlari va tashkilotlari ya’ni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi, G‘aznachilik, Mudofaa, Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Statistika bo‘limi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, Davlat arxivlari, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, Yoshlar ishlari bo‘limi, Kadastr bo‘limi, davlat kadastrlari palatasi filiallari, O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman bo‘limi, Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘limlari, sport maktablari, texnikumlar, litsey va kasb-hunar maktablariga yuridik xizmat ko‘rsatishimiz belgilanmoqda:
Ayni kunda, ushbu tashkilotlarni adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining “E-huquqshunos” elektron tizimiga integratsiyalash jarayonlarini boshlash arafasidamiz.
Tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bo‘yicha; Markaz tomonidan 2022-yilda aholiga 57 000 dan ortiq Davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shundan 3514 tasi xizmat sayyor tartibda ko‘rsatildi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, Vakolatli organlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzulishlar soni 206 ta xolatga maxsus xabarlar yuborilib, tegishli ta’sir choralari ko‘llanildi.
To‘rtko‘l tumani Adliya bo‘limi FHDYО bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida fuqarolarga 8 mingdan ziyod davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shundan tug‘ilishni qayd qilish bo‘yicha 5099 ta xizmat, 1080 ta o‘lim qayd etish xizmati, 1760 ta nikoh va 177 ta nikohdan ajralganlik harakati bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 1993 yil 22-yanvardagi Minsk shahrida imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi” Konvensiya bo‘yicha 46 ta xizmatlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli bo‘yrug‘i bilan tuman adliya bo‘limida “Huquqiy ko‘mak darchasi” tashkil etildi. “Huquqiy ko‘mak darchalari”da bo‘lim hodimlari tomonidan qonunchilikdagi sudlar faoliyati bilan bog‘liq hamda sud-protsessual tartiblar haqida fuqarolarga og‘zaki huquqiy tushuntirishlar hamda maslahatlar berish yo‘lga qo‘yildi.
Murojaat qiluvchi shaxslarga ular bilan suhbat davomida beriladigan huquqiy tushuntirish va maslahatlar tavsiyaviy xarakterga ega hisoblanadi.
Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalardagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari bilan huquqiy muammolari mavjud, huquqiy maslahat va yordamga muhtoj fuqarolar ro‘yxatini shakllantirgan holda ularga bepul huquqiy yordam ko‘rsatib borish maqsadida mahallalarda “Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasida
amalga oshiriladigan namunaviy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad, tegishli tashkilotlar bilan xamkorlikda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarga amaliy va huquqiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.


To‘rtko‘l tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i
3-darajali adliya maslahatchisi M.Nuraddinov