Янгиликлар
23
TADBIRKORLIK SUB’EKTLARI BILAN SAMARALI MULOQOT TIZIMINI JORIY ETISH VA ULARNING HUQUQIY HIMOYASINI YANADA KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining «business.gov.uz» yagona interaktiv portalini quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan «Tadbirkor virtual ofisi» axborot portaliga aylantirilgan tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini kechayu kunduz qabul qilish, hal etish va ushbu jarayonlarni nazoratga olinib;
Unda davlat organlari va tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tematik onlayn muhokamalar va so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni shakllantirilgan bo‘lib qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlarining jamoaviy murojaatlarini qabul tartibi joriy qilingan bo‘lib unda tadbirkorlik sub’ektlari uchun zarur bo‘lgan xizmatlardan foydalanish, shu jumladan litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar, kredit, subsidiya, kompensatsiya hamda kafilliklar olish, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimlari bugungi kunda yaratilgan.
Jumladan 2022 yil 1 avgustdan boshlab portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:
tadbirkorlik sub’ektlari; Savdo-sanoat palatasi huzuridagi «Call-markaz» xizmati orqali tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — tadbirkorlardan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar asosida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini mahallaning o‘zida ko‘rib chiqish va hal etish choralarini ko‘radi, mahalla darajasida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lmagan murojaatlarni portalga kiritilishi belgilab ko‘yilgan, portalga kiritilgan murojaatlar avtomatik ravishda yoki Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan (murojaatda vakolatli organ ko‘rsatilmaganda) tegishli vakolatli organlarga ko‘rib chiqish va hal etish uchun yo‘naltiriladi, vakolatli organlar portal orqali kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqadi hamda natijalari to‘g‘risida axborotni portalga kiritadi;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan portalga kiritilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat o‘rnatilgan bo‘lib hamda qonunbuzilish holatlari bo‘yicha tegishli ta’sir choralarini qo‘llaydi;
Tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini «Tadbirkor virtual ofisi» axborot portali orqali qabul qilish, umumlashtirish va nazorat qilish sxemasi ishlab chiqilgan va bunga asosan tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan tekshiruvlarning qonuniyligi va tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holati yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy hokimliklar faoliyatida o‘rganishlar o‘tkazadi;
hududlarda sayyor qabullar o‘tkazadi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal qilish choralarini ko‘radi;
vakolatli organlar uchun hududlarga chiqqan holda, tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlari bilan ishlash hamda tekshiruvlar o‘tkazish tartibi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etadi;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil har yili 1 martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining holatiga doir yillik hisobot taqdim etadi.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar portal mazkur Farmon talablariga muvofiq takomillashtirilishi va «Elektron hukumat» tizimining idoralararo platformasiga integratsiya qilinishini, shuningdek, portalning Mobile-ID tizimi orqali identifikatsiyalash imkoniyatiga ega mobil versiyasi yaratilgan.
Moliya vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq 2022 yil 1 sentyabrga qadar 2022 yil uchun Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi mablag‘larini shakllantirish uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larni maqbullashtirish hisobiga portalni takomillashtirish, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi «Call-markaz» xizmatini moliyalashtirish, shuningdek, mazkur Farmonda nazarda tutilgan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini belgilangan. Bunda, 2023 yildan boshlab portaldan foydalanish va Savdo-sanoat palatasi huzuridagi «Call-markaz» xizmati faoliyati Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining byudjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi va Adliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda 2022 yil 1 sentyabrga qadar umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi faoliyatni tartibga soluvchi talablarni soddalashtirish hamda ushbu sohalardagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan bo’lib Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgarlik bilan yondashish Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil euklatilgan. Ushbu farmon tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun xizmat qilishiga ishonchimiz komil.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Kadirov