Янгиликлар
21
Amudaryo tumani adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar
2022-yil Amudaryo tumani adliya bo‘limi uchun juda samarali yil bo‘ldi.
Yil davomida bo‘limning inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi tomonidan 304 ta yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi, shuningdek, qonun buzilishi holatlari yuzasidan 154 ta ogohnomalar, 208 ta taqdimnomalar, 41 ta ma’muriy takliflar va 2 ta jinoiy takliflar kiritildi. Bundan tashqari sudlarga 102 ta da’vo arizalari va arizalar kiritilib fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilindi, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida esa 1027 ta targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
2022 yil davomida Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar 60 105 ta davlat xizmatidan foydalanishgan. Shu jumladan, 355 ta yuridik korxonalar, 1276 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar yangidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, hamda 280 ta yuridik korxonalar, 56 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ko‘rsatilgan sayyor tartibdagi davlat xizmatlari soni 3338 tani tashkil qildi. Markazning Xitoy filiali orqali 5613 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. Markazda fuqarolar kundalik hayotida zarur bo‘lgan davlat xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliksiz, yashash joyidan qat’iy nazar, eksterritorial tamoyil asosida, murojaati yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berib kelinmoqda.
FHDYo bo‘limi esa, 2022-yil davomida tug‘ilganlik holati 5254 ta, otalikni belgilash 181 ta, farzandlik 37 ta, nikohni qayd qilish 1724 ta, ajrim 183 ta, o‘lim 1009 ta, familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish 14 ta, dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish yuzasidan 123 ta holatlar qayd etilgan.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik tusdagi hujjatlari 21 206 ta hujjatlar ekspertizadan o‘tkazilib, shundan salbiy xulosa berilganlar 182 ta, rad etilganlar 4883 ta, ijobiy xulosa berilgan hujjatlar 16 141 tani tashkil etadi.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi boshlig‘i M.Sadikov